Dyrehavsbakken - dunyodagi eng qadimiy istirohat bog'i

  • 09:35 / 31.08.2019
  • 403

Dyrehavsbakken bog‘i “Bug‘ular yaylovi tepaligi”, “Bakken” yoki oddiygina “Tepalik” deb ataladi. Dunyodagi eng qadimiy istirohat bog'i Daniyaning Klampenborg shahrida Kopengagendan 10 km uzoqlikdagi masofada joylashgan. U 436 yil oldin 1583-yili ochilgan. Hozirda bog‘ tashrifchilar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu yerga har yili 2,5 milliondan 2,7 milliongacha odam keladi.

Dyrehavsbakken дания

Boshqa joylardan farqli o‘laroq, bog‘ga kirish bepul, ammo alohida joylarga kirish uchun maxsus chipta sotib olish kerak. Bog‘ maydoni 75,000 kvadrat metrni tashkil etadi. Bakken mart oyining oxiridan avgust oyining oxirigacha har kuni ochiq bo‘ladi.

Dyrehavsbakken вход

Tarixi

Dyrehavsbakkenning tarixi Kirsten Piel ismli odamning Kopengagen yaqinida joylashgan Jbgersborg Dyrehave yoki Dyrehaven tumanida tabiiy suv manbaini topib olgani bilan bog‘liq. Mazkur joy kashf qilingach odamlar u yerga tez-tez boradigan bo‘lishdi. Chunki o‘sha davrda u yerning suvi boshqa joylarnikiga qaraganda eng yaxshisi bo‘lgan. Ko‘pchilik odamlar bu yerdagi suv organizmni mustahkamlovchi xususiyatga ega ekanligiga ishonishgan, shuning uchun suvning topilishi juda tezlik bilan mashhur bo‘lib ketgan. 

Dyrehavsbakken аттракционы

Vaqt o‘tishi bilan bu yerdagi ko‘cha sotuvchilari va san'atkorlar mazkur joyning istirohat bog‘iga aylanishiga sabab bo‘lgan. Bog‘  yillar davomida o‘yin-kulgular ko‘payib, odamlar uchun qiziqarli maskanga aylnib bordi. XX asrda esa birinchi atraksion o‘rnatilgan.

Tornado bakken

O‘yin- kulgu

Bog‘da turli tarzda hordiq chiqarish mumkin, ammo odamlar bu yerga asosan atraksionlarda uchish uchun kelishadi. Bakkenning oltita atraksioni butun dunyoga mashhur. Ulardan eng reytingi balandi 1932-yilda yog‘ochdan qurilgan “Amerikancha atraksion” hisoblanadi. Shu bilan birga Mariehønen (“Xon qizi”), De Vilde Mus (“Yovvoyi sichqon”) Mine Train Ulven (“Bo‘ri”) atraksionlari ham juda mashxur. 

Dyrehavsbakken копенгаген

Dyrehavsbakkenda dam olish uchun yana boshqa imkoniyatlar mavjud:  Yettita o‘yin xonalari, o‘yin mashinalari, "Hvile" kontsert zali, bir nechta restoran va barlar mavjud. Bolalar chin dildan sevadigan Pero masxarabozi esa bog‘ ramzi hisoblanadi. 

Dyrehavsbakken санта