Ehtiyot bo‘ling! Ho‘l sochlar bilan qilish mumkin bo‘lmagan 7 ta ish 

  • 16:08 / 02.12.2019
  • 982

Ko‘pincha sochlarimizning nimjonligini unutib qo‘yamiz, ayniqsa, ular ho‘l bo‘lgan paytda. Sochlarga zarar bermaslik uchun ularning ho‘lligida quyidagilarni umuman qilmasligimiz kerak

Taniqli yulduzlarning sartaroshi bo‘lmish Kera Raytning aytishicha: “Sochlar qanchalik ingichka yoki qalin bo‘lmasin, ho‘lligida juda nozik va sinuvchan bo‘lib qoladi (ayniqsa, ular bo‘yalgan yoki kimyoviy usulda jingalak qilingan bo‘lsa). Nam sochlar taranglik va ishqalanishga juda sezgir bo‘ladi, shuning uchun sochlarni sochiq bilan quritayotganda juda ehtiyot bo‘lish kerak”.

Картинки по запросу 7 вещей, которые нельзя делать с мокрыми волосами. Будьте осторожны!

Demak, ho‘l sochlar bilan amalga oshirish taqiqlangan ishlar ro‘yxatini boshlaymiz. 

1.  Tarash
Yaxshisi, sochlarni yuvishdan oldin tarang. Shunda ular quriguncha chigal bo‘lib ketmaydi. Agar sochlaringizni ho‘lligida tarashni yaxshi ko‘rsangiz unda yirik tishli taroqdan foydalaning. 
Sochlarni ildizidan emas, uchlaridan boshlab tarash lozim. Tarashni osonlashtirish uchun esa sochni tekislaydigan kremdan yoki namlovchi spreydan foydalanish mumkin.
Nam sochlarni “Tangle Teezer” cho‘tkasi bilan mayin tarash mumkin – u soch ildizlarini yengil taraydi. Soch quritgich bilan sochlarni tarovchi dumaloq taroqdan ehtiyot bo‘lish kerak. Undan foydalanishdan avval, sochni fen bilan biroz quritib olish kerak, aks holda sochlarga jiddiy zarar yetadi. 

(Tangle Teezer cho‘tkasi)

2.  Sochlarni yig‘ish 
Nam sochlar chambarak (puchok) yoki dum qilib (xvost) yig‘ib olmasdan quritilishi kerak. San’atkorlar sartaroshi Eva Mustafaning aytishicha, ho‘l sochlarni iloji boricha yoyib olish kerak. Har qanday uslubda yig‘ib olingan nam sochlarning, nafaqat ildiziga, balki butun uzunligiga zarar yetishi mumkin. 

Yana bir xavf shundaki, nam sochlar dumsifat qilib yig‘ib olinganda ularning orasiga havo kirishi qiyinlashadi. Bu bosh terisida egzema paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 

3.  Nam sochlarni turmaklash
Stilistlar sochlarni to‘liq quriganidan keyingina turmaklashni maslahat berishadi. Hattoki, juda shoshayotgan bo‘lsangiz ham, sochlaringiz nam bo‘lganida aslo soch dazmoli yoki konuslardan (sochni jingalak qiluvchi moslama) foydalanmang. Ular sochga jiddiy ziyon yetkazadi. Bunday asboblarning harorati juda baland bo‘lib, 100 yoki undan ham yuqori darajaga ko‘tarilishi mumkin. Yuqori harorat ta’sirida sochlar ichidagi namlik tom ma’noda qaynay boshlaydi, keyin esa bug‘lanadi.

4.  Turmaklovchi niqoblarni qo‘llash
Stilist Kira Rayt issiqdan himoya qiluvchi va boshqa stayling vositalarini nam sochlarga surtishni maslahat bermaydi. Ayniqsa, tarkibida yog‘i bo‘lgan vositalardan uzoqroq turish kerak. Agar shunday vositalarni ho‘l sochlarga surtib fen bilan quritadigan bo‘lsangiz, ular erib, sochni og‘irlashtiradi. Yaxshisi, yuvib tashlanmaydigan konditsionerlardan foydalanish kerak, chunki ularning tarkibi yengilroq bo‘ladi. 

5.  Nam sochlar bilan uxlash
Nam sochlar bilan uxlamagan yaxshiroq, chunki ertalab hurpaygan va chigal sochlar bilan uyg‘onishingiz mumkin. Bundan tashqari, ho‘l sinuvchan sochlar yostiqqa ishqalanganda soch tolasi zararlanmay qolmaydi. Agar, uxlashdan oldin ho‘l sochlarni quritishning imkoni bo‘lmasa, unda soch tolasini himoyalovchi krem surtib yotish kerak. Bundan tashqari, ho‘l sochlar bosh miyasini shamollatib qo‘yishi mumkin.

6.  Sochlarni issiq havo bilan quritish
Sochlarni fenning issiq havosi bilan quritsangiz ularni o‘z qo‘llaringiz bilan zararlagan bo‘lasiz. Ho‘lligida shishgan sochlar, albatta, issiq havo bilan zararlanadi. Soch tolalarini quritishni iliq havo bilan boshlash kerak. Sochlar biroz qurigach esa, issiq havodan foydalansa bo‘ladi.

7.  Sochiq yordamida quritish
Ho‘l sochlarni sochiq bilan quritish ko‘pchiligimizning odatimizga aylangan. Lekin sochiq tolalari juda qattiq bo‘lganligi uchun, u sochni shikastlab qo‘yishi mumkin. Bu vaziyatda eng xavfsiz usul sochiq o‘rniga paxtali futbolkadan foydalanishdir. 

Teglar