Elektron sigaretalar tajriba sichqonlarida o‘pka saratoniga olib keldi

  • 20:04 / 08.10.2019
  • 187

Amerikalik olimlar laboratoriya sichqonlarida elektron sigareta tamaki tutunining zararli ta'sirini aniqlaydigan tajriba o‘tkazdilar. Bu haqda TASS Milliy fanlar akademiyasining ilmiy jurnalida chop etilgan ish natijalariga tayanib xabar berdi.

Shunday qilib, bir yillik tadqiqot davomida sichqonlarning 23 foizida o‘pka saratoni paydo bo‘ldi. Sichqonlarning 58 foizida saraton kasalligiga xos bo‘lgan hujayra bo‘linishi jarayoni buzilgan.

Ta'kidlanishicha, saraton kasalligi paydo bo‘lishi uchun odamlar 20 yildan ko‘proq vaqt chekishlari kerak bo‘ladi. Olimlar o‘zlarining tajribalari uchun mutanosib vaqtni tanladilar va buni sichqonchaning umrini hisobga olgan holda hisobladilar.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Nyu-York universiteti Tibbiyot maktabi professori Mun Sung Tanning ta'kidlashicha, sichqonlarda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini insonlarniki bilan solishtirib bo‘lmaydi va loyiha qo‘shimcha keng qamrovli tadqiqotlarni talab etadi.