Emmanuel Makron: NATO komaga tushib qoldi

  • 23:34 / 07.11.2019
  • 75

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning fikricha, NATO AQSh va uning ittifoqchilari, xususan, Turkiya oʻrtasidagi strategik qarorlarni toʻliq muvofiqlashtira olmasligi sababli komaga tushib qolgan.

Bunday bayonotni Makron payshanba kuni Britaniyaning The Economist jurnaliga bergan intervyusida bergan. Makron, shuningdek, “NATOning strategik maqsadlari nima ekanligini aniqlashtirish” kerakligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Fransiya prezidenti Yevropaning “tubsizlik tubida” ekanligini va yana Yevropa mamlakatlarining mudofaa qobiliyatlarini “rivojlantirish” tarafdoriligini aytdi.

Oktabr oyida Makron Suriyaning shimoli-sharqida Turkiya harbiy operatsiyasi paytida roʻy bergan voqealar Gʻarb va NATOning xatosi ekanligini aytdi.

Shuningdek, u Yevropa mamlakatlariga mudofaa sohasida, xususan, dunyoda qurol nazorati sohasidagi muammolarga javob berish uchun mustaqillik zarurligini taʼkidladi.

Shu oyda Estoniya Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi va Ichki ishlar vaziri Mart Xelme AQSh qoʻshinlarining Suriyadan olib chiqilishi va SARning shimoli-sharqida turk harbiy harakatlarining boshlanishi NATOni falaj qilganini aytdi.

Teglar