Endi O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun o‘zbek tilini bilish talab etiladimi?

  • 17:27 / 08.11.2019
  • 255

Avval xabar berganimizdek, kecha Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida “Ichki ishlar organlarida migrasiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish talabi haqida so‘raldi.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga umumiy tartibda va soddalashtirilgan tartibda qabul qilishda davlat tili haqida muloqot uchun yetarli darajada bilimga ega bo‘lish talabi nazarda tutilgan. Fuqarolikka qabul qilinuvchini davlat tilini muloqot uchun yetarli darajada bilishini aniqlash mexanizmi mazkur loyiha yuzasidan Qonun qabul qilingach, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solinadi”, deydi IIV xodimi. 

Xabardor.uz