Endi smartfonimizda YouTube ishlamaydi(mi?) 

  • 17:11 / 03.09.2019
  • 1140

Huawei kompaniyasi o‘zining yangi telefon modelini namoyish qilmoqchi, ammo u YouTube, Gmail yoki Google Maps xizmatlarisiz sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Shu oyning oxirida Xitoy kompaniyasi Myunxen shahrida (Germaniya) o'zining so'nggi Mate 30 smartfonini namoyish etadi. Bu AQShning qora ro'yxatiga tushganidan beri Huawei smartfonlarining ilk marta iste’mol bozoriga chiqarilishidir. Uning alohida xususiyatlaridan, bu yangi mahsulotlar uchun Google ilovalari va xizmatlariga kirish huquqini cheklanganligidir.

Avvalroq, dunyodagi ikkinchi raqamli smartfon brendi hamda eng yirik telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi AQSh rahbariyati tomonidan bosimga uchragandi.

May oyida Vashington AQSh kompaniyalariga Huawei’ning texnologiyalari va dasturlarini sotishni taqiqlovchi qarorini e’lon qilgandi. Bu shuni anglatadiki, endilikda Huawei kompaniyasi AQSh bozoridagi Intel (INTC), Micron (MICR) yoki Qualcomm (QCOM) kabi asosiy savdo hamkorlari va Google hamda Facebook kabi dasturiy sheriklari bilan ish olib borolmaydi.

Huawei AQSh tomonining cheklovlariga oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi, ammo zaxira dasturlaridan yangi model uchun foydalangan kompaniya dasturiy ta'minotni to'play olmadi. Huawei AQShda qora ro'yxatga kiritilguniga qadar bir nechta smartfonlari uchun Google litsenziyasini olgandi. Ammo “savdo urushi” qurboni bo‘lgan Mate 30 seriyasi, kutilganidek, bundan mosuvo qilindi.

Mate 30 ning taqdimoti haqida, dastlab Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Google esa izoh berishdan bosh tortdi.

Huawei ma'lumotlariga ko'ra, Google’ning ekotizimi, shu jumladan dunyodagi aksariyat smartfonlarni qo'llab-quvvatlaydigan Android operatsion tizimi "yagona tanlov" bo'lib qolmoqda.
Ammo shunga qaramay, kompaniya o'zining ekotizimi va "Harmony" deb nomlanuvchi operatsion tizimini ishlab chiqqan va o'tgan oyda omma e’tiboriga taqdim qilgandi.

Mate 30 hali ham ochiq kodli Androidda ishlashi mumkin. Ammo YouTube, Google Maps va Gmail kabi ilovalarga yoki Android foydalanuvchilari yangi ilovalarni sotib olishlari mumkin bo'lgan Google Play internet-do'koniga kira olmaydi. Ushbu xizmatlarlarsiz esa, Huawei qurilmalari Xitoydan tashqarida, Google’ning ilovalari bloklangan hudud bozorlarida kamroq qiziqish uyg'otmoqda.

—Huawei uchun Mate 30 seriyasini Yevropadagi iste'molchilariga tarqatish jiddiy muammo bo'ladi, - deydi Londonda joylashgan "Canalys" tadqiqot agentligining katta tahlilchisi Ben Stanton. —Jahon iste’mol bozoridagi yetakchi smartfonning Google xizmatlarisiz taqdim etilishi esa kutilmagan hodisa bo‘lyapti.

Huawei’ning yangi avlodi Google ilovalari yo'qligini sezdirmaydigan darajada ideal bo‘la olarmikan, degan savolga "Huawei’ni tanlaganlarning ko'pchiligi bugungi yechimni uzoq vaqt muhokama qilib yuradilar deb o'ylayman", deb qo'shimcha qildi Stanton.

Eslatib o‘tamiz, Huawei asoschisi va bosh direktori Ren Zhengfei AQSh hukumatining taqiqi kuchga kirganidan so‘ng savdo hajmi bir oy ichida 40 foizga tushib ketganini aytgandi.