Endi tadbirkorlik subyekti harakatsiz rejimga o‘tkazilganidan boshlab 3 yil ichida faoliyatini tiklamasa, tugatilishi mumkin

  • 18:07 / 13.12.2019
  • 72

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Jumladan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, yuridik shaxs moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin (NNTlar bundan mustasno).


Shuningdek, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. (Amaldagi Kodeksda ushbu talab nazarda tutilmagan)

Ma’lumot uchun, amalda 6 oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa – 3 oy mobaynida) moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan  va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 1 yil ichida ustav fondi shakllantirilmaganda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi.


Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.