Eng xaridorgir smartfon aniqlandi  

  • 17:30 / 29.05.2020
  • 750

Dunyodagi eng xaridorgir smartfon ma’lum bo‘ldi. Omdia konsalting kompaniyasi tayyorlagan hisobotda Apple iPhone 11 shu yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfon ekanligi qayd etilgan. 

Apple turkumidagi bu oxirgi model 2020-yilning yanvar-mart oylarida 19 yarim millionga yaqin sotilgan va o‘tgan yilgi iPhone XR’ga qaraganda ancha mashhurligini isbotlagan. Taqqoslash uchun: o‘tgan yilning xuddi shu davrida 13,6 million iPhone XR sotilgan va bu ko‘rsatkich uni dunyodagi eng mashhur smartfonlar orasida ikkinchi pog‘onaga ko‘tardi. 
 
Shu tariqa, Apple’ning qulay narx va oliy sifat uyg‘unligiga oid strategiyasi ilk natijalarini bera boshladi. Yangi mijozlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan strategiyasini amalga oshirish uchun Apple o‘z smartfonlarining bazaviy funksiyalarini ko‘paytirib, narxini pasaytirgan edi. Natijada rejasi amalga oshdi. Bozori chaqqon smartfonlar qatoriga iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max ham kiritildi. Ular oltinchi va sakkizinchi o‘rinlarni egallagan.