Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasidagi jang yana qoldirildi

  • 14:54 / 04.04.2020
  • 69

Boksning og‘ir vazn toifasida WBA, IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasida 20-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan jang koronavirus sabab qoldirildi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Londonning “Tottenxem” klubi stadionida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang noma’lum muddatga qoldirilgan. Bellashuv qachon o‘tkazilishi vaziyatga qarab keyinroq e’lon qilinadi.

Bundan oldin 2017-yil oktabr oyida ham ikki bokschi o‘rtasida jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ammo Pulevning yelkasidagi jarohat sabab jang qoldirilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Entoni Joshua professional boksdagi faoliyati davomida 24 marta ringga ko‘tarilgan. Ushbu janglarning 23 tasida g‘alaba qozongan, 1 marta mag‘lubiyatga uchragan. 

Kubrat Pulev esa 29 ta jang o‘tkazgan. Ularning 28 tasida g‘alaba qozongan, 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

Teglar