Erdog‘on va Merkel Suriya hamda Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishdi

  • 23:29 / 12.09.2019
  • 51

Chorshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon orqali suhbatlashishdi. Bu haqda Turkiya rahbari matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytiladi.

"Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdog‘on Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, qochqinlar mavzusi hamda Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilindi", deyiladi xabarda.

5-sentabr kuni Erdog‘on, agar Turkiya G‘arbdan zarur yordam olmasa, Yevropaga qochqinlar uchun eshiklarni ochishga tayyorligini bildirdi. 9-sentyabr kuni Yevrokomissiya vakili Natasha Bertoning Yevropa Ittifoqi Turkiyaga migratsiya inqiroziga qarshi kurashish uchun kelishilgan 6 milliarddan 5,6 milliard yevro miqdorida yordam berilganini ma'lum qildi.

Teglar