Erdog‘on yaqin kelajakda Suriyada harbiy operatsiya boshlanishini istisno qilmadi

  • 17:17 / 05.10.2019
  • 229

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi yaqin kunlarda boshlanishi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi “TASS”.

Erdog‘on Suriyada xavfsizlik zonasi tashkil etilishi haqida mahalliy televideniye orqali chiqish qildi.

“Biz bu operatsiyani yerda ham, havoda ham amalga oshiramiz. Ehtimol, bugun va ertaga (boshlaymiz) ”, – dedi Erdog‘on.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Erdog‘on bilan Suriyadagi inqirozni muhokama qilgan edi.

Teglar