Eronda yuz bergan zilzila oqibatida besh kishi halok boʻldi va 100 dan ortiq kishi jarohatlandi

  • 17:50 / 08.11.2019
  • 29

Eronda 5,9 magnitudali zilzila oqibatida juma kuni kechqurun kamida besh kishi halok boʻldi, 120 dan ortiq kishi tan jarohati oldi, deb xabar beradi Eronning "Press TV" telekanali.

Xabarga koʻra, 20 millionga yaqin eronlik silkinishni sezgan. Baʼzi joylarda, odamlar vahimaga tushib, koʻchaga yugurib chiqishgan.

8-noyabrga oʻtar kechasi Sharqiy Ozarbayjon viloyatida, Tabriz shahridan 120 km. masofada 5,9 magnitudali zilzila roʻy berdi. Eron ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, birinchi siljish 4,1 dan 4,8 gacha boʻlgan bir nechta zarbalardan soʻng boʻlgan.

Teglar