Erondagi “Busher” AES yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

  • 16:42 / 27.12.2019
  • 251

Eronning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan “Busher” AES yaqinida 4.9 balli zilzila sodir bo‘ldi

Ammo Eron Favqulodda xizmatlar rasmiylari qurbonlar haqida ma’lumot yo‘qligini aytdi.

AQSh Geologik tadqiqotlar xizmati esa avvalroq zilzila magnitudasini 5.1 deb baholagan edi.

Zilzila o‘chog‘i “Busher”dan 53 km sharqda, Eronning Fors ko‘rfazining janubiy sohilida bo‘lib, nisbatan sayoz edi – atigi 10 km chuqur. Eron OAVning xabar berishicha, bu zilzilani kucaytirib yuborishi mumkin edi. 

Bir qancha asosiy yoriqlar qatorini kesib o‘tgan Eron dunyodagi zilzilalarga eng moyil davlatlardan biri hisoblanadi. 2003-yilda Kerman provinsiyasida 6.6 balli zilzila oqibatida 31 000 kishi halok bo‘lib, qadimiy Bam shahri tekislanib ketgandi. 

2017-yilda esa Eronning g‘arbiy qismida 7 balli zilzila bo‘lib, 600 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 9 000 dan ortiq kishi jarohatlangan.