Erondagi Beruniy haykali va sayohatdagi g‘aroyibotlar

  • 18:44 / 11.09.2019
  • 525

Tasavvur qiling, Erondasiz. Shaharlarni aylanib yurib, Beruniy bobomizning haykaliga duch kelasiz. Kutilmagan “uchrashuv”, shunday emasmi?! Hozir esa Eron bo‘ylab sayohatda Sizni hayratlantiradigan shu va yana olti haykal bilan tanishtiramiz.

Abu Rayhon Beruniy haykali. Tehron

abu-rehkhan-al-biruni

Tehrondagi istirohat bog‘i orqali sayr etarkansiz, bir haykalga duch kelasiz: unchalik katta bo‘lmagan favvora markazida falakiyot olimining besh metrlik bronza haykali. Bu XI asrda yashagan bobomiz, qomusiy olim Abu Rayhan Beruniy. Haykal 1994-yilda Muhammad Ali Modadi tomonidan yaratilgan. Al-Beruniy astronomiya, matematika, mexanika, geodeziya, mineralogiya, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab fanlar bilan shug‘ullanib, ulkan natijalarga erishgan.

Semurg‘ qushi. Nishopur

simurgh

Nishopur (Xuroson viloyatida) buyuk Fors shoiri Farididdin Attor dunyoga kelgan shahar. Bu yerda Firdavsiyning asarida keltirilgan afsonaviy qush – Semurg‘ning 25 metrlik haykali bor. Ushbu asar muallifi ikki haykaltarosh: ota va o‘g‘il Reza hamda Meysam Hadiani. Afsonaga ko‘ra, Semurg‘ qushi Elbrus tog‘ining cho‘qqisida yashaydi. Bir kuni u chaqaloqning ovozini eshitadi. Bu jangchi Rustamning otasi Zol edi. U oq tug‘ildi va ota-onasi yomonlikdan qo‘rqib, uni tashlab ketishadi. Qush bir bolani ko‘tarib, hikmatini aytib beradi. Zol odamlar orasiga qaytib borishga qaror qilganida, Semurg‘ unga uch dona patini beradi. Agar zarur bo‘lsa, patlarni yoqishi mumkinligini aytadi. Shunda Semurg‘ unga yordamga kelardi. Zol xotini Rudabaning ko‘zi yoriyotganida patlardan birini ishlatadi. Zol uning o‘limidan qo‘rqib, Semurg‘ni chaqirgan edi. Afsonaga ko‘ra, sehrli qush chaqaloqni ona qornidan yorib olishni o‘rgatadi.  Ayol qutqariladi. Rustam mana shu afsonaning markaziy qahramonlaridan biri. Shu tariqa Semurg‘ Attorning “Mantiq ut-tayr” asarida ham paydo bo‘ldi.

Shopur haykali. Bishapur

Sosoniylar imperiyasining qadimiy shahari Bishapur (Fors viloyati)ga yaqin daradagi g‘orga tushaverishda shoh Shopurning haykali bor. Uning muallifi noma’lum. Haykal 1700 yil davomida g‘orni “qo‘riqlab” kelgan. Bu imperiyaning bizning davrimizgacha saqlanib qolgan eng yirik yodgorliklaridan biridir. Yodgorlikning balandligi 7 metr. U to‘laligicha saqlanib qolmagan.

Nodirshoh ot ustida. Mashhad

nadir-shah

Eron shohi Nodirshoh katta saltanat qurgan. Uning qabri hukmronligi davrida poytaxt bo‘lgan Mashhadda. Yodgorlik XX asrda arxitektor Hasan Sodiqiy tomonidan qurilgan. Uning ustida askarlari o‘rab olgan ot ustida o‘tirgan jangari Shoh tasvirlangan. Maqbaraning yonida Nodirshoh davridan boshlab qo‘llanilgan qurollar to‘plamini saqlaydigan muzey joylashgan.

Suv tutgan erkaklar haykali. Yazd

bronze-statues

Bu haykal shaharda har doim qadrlanadigan muhim manba – Suvga bag‘ishlangan. Sahro bilan o‘ralgan Yazdda suv manbalarining yetishmasligi muammosi doimo dolzarb. Haykal shaharning asosiy ramzlaridan biriga aylandi. Maydondan uzoq bo‘lmagan suv muzeyida bular haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.

Darbandlik alpinist. Tehron

darband-alpinist

1950-yillar oxirida Eronlik professional alpinistlar Tehron ma’muriyatidan maskur haykalni qishki sport turlarining ramzi sifatida o‘rnatishlarini so‘rashdi. Loyiha haykaltarosh Reza Riaxiga topshirildi. Shunday qilib Tehron maydonida Darbandlik alpinistning bronza figurasi paydo bo‘ldi. Yodgorlik Elbrus tog‘idagi mahalla – Darband orqali o‘tib, tog‘ cho‘qqisi tomon yuruvchilar uchun ko‘rsatkich belgidir. Haykal dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan.

Tosh arslon haykali. Hamadon

statue-of-lion

Bu haykalga asos bo‘lgan sabablar haqida rivoyatlar ko‘p. Ba’zilari buni Aleksandr Makedonskiy bilan bog‘lashadi

Teglar