Eronning g‘aroyib va betakror maskanlari

  • 16:51 / 23.08.2019
  • 1168

Eron Islom Respublikasi hududi Alyaskanikidan biroz kichikroq maydonni egallaydi (1 648 195 km²). Mamlakat aholisi 82,5 million nafarni tashkil qiladi. Hozirgi kunda bu yerga sayyohlarning qiziqishi tobora ortib bormoqda. Ba’zilarni muqaddas qadamjolar qiziqtirsa, boshqalar qadimiy obidalarga e’tibor berishadi. Shunday bo‘lsa-da Eronni sayyohlik markazi deyish mushkul. 
Eronda sehrli va ajoyib maskanlar juda ko‘p. Biz ularning jozibasini fotosuratlar orqali namoyish etishga qaror qildik.

Заглавная

Eronda kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi Isfaxon bozori
 

XIV asrda qurilgan Shoh-Charoh maqbarasi (Sheroz)
 

Sayfi ad-Din maqbarasi XIV asrda shayxning o‘g‘li tomonidan qurilgan. Maqbaraning ichki qismi o‘rta asrlar Islom me’morchiligining noyob namunasi sanaladi.
 

Yazdda bir kishi qo‘li bilan ipak matoga naqsh solmoqda. Yazd Eronning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, ilk yozma manbalar miloddan avvalgi uchinchi mingyillikka to‘g‘ri keladi.
 

Zamonaviy Erondagi eng katta tog‘ tizmasi – Zagros cho‘qqilaridan biri.
 

XIX asrda qurilgan Sheroz shahridagi Nasir-al Molk masjidi shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.
 

Janubiy Eron sohillarining yuqoridan ko‘rinishi
 

Karmon shahridagi mashhur choyxona
 

Isfahon shahridagi Jomiy masjidi. Masjid qurilishi milodiy 771-yilda boshlangan. Ammo XX asrda qurib bitkazilgan.
 

Isfahondagi katta bozor
 

XVII asrda qurilgan Imom masjidi binosining o‘ziga xos akustikasi sayyohlarni jalb qiladi. Bu yerda kichik shovqinlar ham aks-sado bo‘lib binoning har bir burchagida eshtiladi. 
 

Palangan kurdlar qishlog‘i. Bu yerda uylarning tomi ustiga uy qurilgan. Bunda pastdagi uy tomi tepadagi uy uchun hovli vazifasini o‘taydi.  
 

Sheroz shahridagi Shoh-Charoh maqbarasi
 

Miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan qadimiy Fors davlati saroy xarobalari (Persepol) 
 

Ayollar muqaddas Ramazon oyi oxirida Tehronda namoz o‘qiydilar
 

Sheroziy maqbarasi yonida to‘tiqush folbinlik qilish uchun navbatdagi mijozini kutmoqda. Hofiz Sheroziy XIV asrda yashab ijod qilgan fors shoiri bo‘lib, uning ijodi hanuzgacha nafaqat Eronda, balki butun dunyoda qadrlanadi. Savdogarlar uning maqbarasi yonida turib, to‘tiqush orqali kelajagini bilib olishadi. Ya’ni, g‘aroyib qushcha odamlarga Hofiz Sheroziy iqtiboslari yozilgan konvertlarni tanlab beradi. 
 

XVI asrda qurilgan Guliston saroyi. Bu yerni Marmar saroy deb ham atashadi. (Tehron)
 

XVI asrda Kashan shahrida qurilgan qadimiy Amir Ahmad hammomining yuqoridan ko‘rinishi. 
 

Tehronning shimolida joylashgan Dizin qishki chang‘i uchish maskani
 

Eronning eng suvli daryosi bo‘lgan Zayande daryosi ustida piyodalar o‘tadigan ko‘prik. U XVII asrda bunyod etilgan eski ko‘prik o‘rnida qurilgan.
 

Arman xori (Isfahon yaqinidagi Julfa shahri)
 

Isfahondagi Najotkor Avliyo Masih soborining ichki ko‘rinishi (u Vank sobori nomi bilan ham tanilgan).
 

Amir Chahmag majmuasi yonidan mototsiklda o‘tib ketayotgan oila surati. Masjidning old qismi ko‘plab arklar bilan bezatilgan. Fasad qismining oldida esa favvorali maydon joylashgan. 
 

Persepoldagi saroyning omon qolgan qismida sfinksning devorga bo‘rtib ishlangan haykali.
 

Tehronning me’moriy ramzi bo‘lgan Ozodiy minorasi. U 1971 yilda Fors imperiyasining 2500 yilligi munosabati bilan qurilgan.
 

Qadimiy Bam shahri ko‘rinishi