Ertaga poytaxtning ayrim tumanlarida gaz o‘chadi

  • 19:05 / 08.11.2019
  • 24

Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi o‘rta bosimli gaz quvurining yaroqsiz qismini almashtirish ishlari olib borilishi sababli ertaga – 9-noyabr kuni soat 10:00dan 15:00gacha Yakkasaroy va Mirobod tumanidagi ayrim obyektlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Quyida Yakkasaroy tumanidagi gaz tarmog‘idan uziladigan hududlar va obyektlar bilan tanishishingiz mumkin:
- Bobur ko‘chasi, 48-uy, 1-, 2-, 3-korpuslar;
- X.Umarov ko‘chasi, 8- va 9-uylar;
- “A.Qahhor”, “Damariq”, “Kuloltuproq” mahallalari;
- Kichik Beshyog‘och ko‘chasidagi yangi “Gabus” turar joy binolari;
- “Juravlenok” bolalar bog‘chasi;
- U.Nosir ko‘chasi, “Riter Uzbekistan” firmasi;
- Abraziv zavodi hududidagi firmalar;
- KAXY (X.Umarov) ko‘chasidagi kafelar;
- KAXY’dagi “Korzinka” supermarket;
- “Temiryo‘lchilar” mehmonxonasi;
- Temiryo‘l DEPOsi;
- “Baraka olam”, “Oltin non” novvoyxonalari;
- “Boshliq” turar-joy dahasidagi barcha obyektlar;
- “Toshtekstilmash” zavodi hududidagi obyektlar;
- “Polimer” zavodi hududidagi obyektlar;
- A.Qahhor 7-tor ko‘chasi, “Esonov” XK;
- A.Qahhor ko‘chasi “Xaring servis” tashkiloti;
- Kichik Beshyog‘och ko‘chasi “TOMZ”;
- Kichik Beshyog‘och ko‘chasi “Sadikov” XK;
- “Karavan” kafesi;
- A.Qahhor ko‘chasi “Dono Zebo” MChJ;
- Kichik Beshyog‘och ko‘chasi “Doniyor farm” MChJ;
- A.Qahhor ko‘chasi “Grand mebel” MChJ;
- Isroil davlatining elchixonasi;
- “Yakkasaroy” to‘yxonasi;
- “Shaxizinda servis” MChJ kafesi;
- “Boychechak Begzod” MChJ kafesi;
- “Gafarov” XK ishlab chiqarish sexi;
- “Gafarov” QK savdo markazi;
- “Musajon” MChJ kafesi;
- “Azim ota Ulfatoy” MChJ kafesi;
- “Turg‘unboy” MChJ kafesi;
- “Feron servis” MChJ ofisi;
- “Texnolog profil” XF;
- “Begoyim servis” XF;
- “Tashkaya tekstil” QK MChJ;
- “RTEX PLUS” XK;
- “Global Texnoloji” XK. 

Mirobod tumanida esa quyidagi hudud va obyektlar gazdan uziladi:
- Avliyo ota ko‘chasi, 50-uy;
- Nukus ko‘chasidagi yangi “Gabus” turar joy binolari;
- SPK, “Ittifoq” firmalari;
- “Karat”, “Buxoro”, “Labihovuz”, “Karavan”, “Anor” kafelari;
- “Suren” Koreya markazi;
- “Mubina kelajak” MChJ;
- “Avalon” firmasi;
- “Rabus” mehmonxonasi;
- Avliyo ota ko‘chasi, Harbiy gospital;
- Avliyo ota ko‘chasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud binolari;
- Ozarbayjon markazi.