Esdalik oltin tanganing qariyb 2 million so‘mga arzonlagan narxi e’lon qilindi

  • 18:49 / 18.03.2020
  • 387

O‘zbekiston Markaziy banki qimmatbaho esdalik tangalarning yangi narxini ma’lum qildi. 
 
Unga ko‘ra, 2020-yil 18-martdan amaldagi esdalik oltin tanga va kumush tanganing narxi arzonladi.
Jumladan:  

1 ta oltin tanga narxi – 14 mln. 400 ming so‘m; 
(1 mln. 800 ming so‘mga arzonlagan. Avvalgi narxi 16 mln. 200 ming so‘m)

1 ta kumush tanga narxi – 236 ming so‘m; 
(88 ming so‘mga arzonladi. Avvalgi narxi 324 ming so‘m)

Ma’lumot uchun, esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi esa 999,9 ga teng