Etna vulqoni 4,5 kilometrga otildi

  • 18:30 / 23.05.2020
  • 165

Aprel oyi oxirlarida qayta uyg‘ongan Italiyaning Sitsiliya orolidagi mashhur Etna vulqoni shu kunlarda yana faollashdi. Mahalliy La Nuova Sicilia nashrining xabar berishicha, 22-may kuni bu yerda 4 ming 500 metr balandlikkacha ko‘tarilgan quyuq tutun va kuldan iborat ustun hosil bo‘lgan. 

Janubi-sharqiy Yangi krater deb nomlangan hududda 2007-yilda paydo bo‘lgan mazkur vulqonning bu galgi faoliyati qariyb uch soatcha davom etib, keyin so‘na boshlagan. Atmosferaga otilgan tutun janubi-g‘arb tomonga qarab tarqalgan. 

Tabiiy hodisa Etnaga yaqin joylashgan Katanya shahridagi aeroport faoliyatiga ta’sir o‘tkazgani yo‘q. Havo porti koronavirus epidemiyasi natijasida qisqartirilgan jadval asosida samolyotlarni qabul qilib, jo‘natib turibdi.

Teglar