Evander Xolifild o‘g‘lining boksdagi debyuti 16 soniya davom etdi 

  • 16:15 / 05.11.2019
  • 116

Evander Xolifildning o‘g‘li Evan Xolifild professional boksda debyut qildi. U debyutida Nik Uinstedni 16 soniyadayoq ringga qulata oldi

Evan debyut jangini 3-noyabr kuni Las-Vegasda Saul Alvares va Sergey Kovalyov jang qilgan kechada o‘tkazdi. 

Ikki vazn toifasida afsonaviy sobiq jahon chempioni Evander Xolfildning o‘g‘li Evan Xolfild hozirda 22 yoshda. U 80 dan ortiq havaskorlik janglarini o‘tkazgan, ammo kichik Xolifild hali AQSh terma jamoasiga chaqirilmagan. 

Evan professional faoliyatini otasi kabi Main Events promouterlik kompaniyasi bilan boshladi. Katta Xolifild ham 1984-yilgi Olimpiadada bronza meldalni qo‘lga kiritgach, aynan mana shu kompaniya bilan professional boksga kirib kelgan edi.