FEDOR roboti yerga qaytib keldi

  • 10:47 / 07.09.2019
  • 93

Avvallari “FEDOR” (FEDOR — Final Experimental Demonstration Object Research) deb nomlangan Skybot F-850 antropomorf roboti joylashgan "Союз МС-14" kosmik kemasining tushiriladigan apparati muvaffaqiyatli tarzda yerga qo'ndi. Bu haqda Роскосмос'ning davlat korporatsiyasi o'z Twitter sahifasida ma'lumot bermoqda.

“Qurilma Moskva vaqti bilan 00:32 da yerga muvaffaqiyatli qo'ndirildi. Barcha hodisalar orbita bilan muntazam ravishda aloqoda bo‘lib amalga oshirildi. Pastga tushadigan qurilma vertikal bo‘lib, obyekt muhofaza qilingandi”, – deyiladi hisobotda.

Avvalroq, "Союз МС-14" FEDOR roboti bilan xalqaro kosmik stansiyasidan ajralgan edi. Qurilma Qozog'istonning Jezqazg‘an shahridan 147 kilometr janubi-sharqiy qismiga qo‘nishi rejalashtirilgandi.

FEDOR roboti 27-avgust kunidagi ikkinchi urinishdan so‘ng "Союз МС-14" stansiyasiga muvaffaqiyatli biriktirilgandi. Birinchi urinish 24-avgust oyida bo'lib o'tgan va muvaffaqiyatsiz tugagandi. “Роскосмос”ning aytishicha, bunga MИM2(ikkinchi kichik tadqiqot moduli) bo'yicha o'zaro o'lchash tizimida signal kuchaytirgichining noto'g'ri ishlashi sabab bo‘lganligini aytdi.