Facebook videoaloqa uchun yangi qurilma modellarini taqdim etdi

  • 18:40 / 19.09.2019
  • 227

Facebook korporatsiyasi video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun Portal qurilmalari tarmog‘ini yangiladi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotida aytilgan.

Facebook birinchi bo‘lib 2018-yil oktyabr oyida Portal deb nomlangan ekran va kamera bilan jihozlangan aqlli dinamiklarni namoyish qilgandi. Qurilmalar, masalan, messenger ilovasidan foydalanib, videomuloqot qilish uchun mo‘ljallangan. Dastlab kompaniya ikkita modelni taqdim etdi: diagonali 10 dyuym (25,4 sm.) ekranli Portal va 15,6 dyuym (39.6 sm.) bo‘lgan Portal+. Qurilmaning dasturiy ta’minoti suhbat paytida xonada qancha odam borligini aniqlashga va kamerani ularga qaratishga imkon beradi.

Chorshanba kuni Facebook yangi dizayndagi standart Portalni, shuningdek, sakkiz dyum (20,36 sm.) ekranli Portal Mini’ni taqdim etdi. Bundan tashqari, kompaniya Portal TV deb nomlangan qurilmani birinchi marta namoyish qildi. Televizorga ulanganingizda, qurilma video orqali u bilan gaplashish va tasvirga kengaytirilgan reallik effektlarini qo‘llash imkonini beradi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Portal qurilmalari ikki foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida bir xil videoni Facebook Watch platformasida ko‘rish imkonini beradi. Agar suhbatdoshlar ko‘rgan narsalari to‘g‘risida fikr almashishni xohlasa, ijro avtomatik ravishda to‘xtatiladi.

Ma’lumot xavfsizligi

Qurilmani ko‘zdan kechirgan TechCrunch sanoat platformasi muxbirlari foydalanuvchilar Portal yordamida almashadigan ma’lumotlar va rasmlarning saqlanishi shubha ostida qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Negaki, ilgari ham Facebook foydalanuvchilarning ma’lumotlarini to‘plash va saqlash qoidalarini buzgani uchun bir necha bor qattiq tanqid qilingan va moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelgan.

Facebook Portalni ishlab chiqishda qurilma egalarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga alohida e’tibor berganligini ta’kidladi. Shunday qilib, ularda kamerani yopish uchun qopqoq bor. Mikrofonini esa qo‘lni bir marta tekkazish bilan o‘chirib qo‘yish mumkin. Kamera va mikrofon ishlaganda Portal va barcha dasturiy jarayonlar Facebook’ning serverlariga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmalarga o‘tadi.

Teglar