Fermer xo‘jaliklariga yer ikki bosqichli tanlov asosida ajratib beriladi

  • 10:08 / 13.08.2019
  • 468

Fermer xoʻjaliklari uchun yer ajratib berish tuman hokimining qarori boʻyicha oʻtkaziladigan ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda talabgorlarning imkoniyati quyidagicha baholanadi:

Mutaxassisligi va maʼlumoti boʻyicha – 5-10 ball;

Qishloq xoʻjaligidagi ish staji boʻyicha – 6-10 ball;

Hisob varag‘idagi pul mablag‘i yoki mol-mulki boʻyicha – 4-10 ball;

Texnika vositalari turi va texnik imkoniyatlari boʻyicha – 1-10 ball;

Talabgor fermer xoʻjaligi boshligʻi yoki oilaviy pudratchi boʻlsa – 4-10 ball;

Talabgor qishloq xoʻjaligi kooperativlari hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimi boʻlsa – 4-10 ball;

Talabgor Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanomaga ega boʻlsa – 10 ball.

Tanlovning ikkinchi bosqichida talabgorning arizasi, biznes-rejasi va boshqa tavsiyanoma xatlari 5 balldan 10 ballgacha, shuningdek fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish va boshqarish boʻyicha berilgan savol-javoblar asosida uning qobiliyati, bilimi, ishbilarmonligi va saviyasi 10 ballgacha baholanadi.