Florensiyacha kalcho – Italiyadagi g‘ayrioddiy sport turi

  • 19:19 / 03.12.2019
  • 205

Fransiya qiroli Genrix III 1574-yilda Florensiyaga tashrifi chog‘ida: “Haqiqiy urushga aylanishi ahamiyatsiz, lekin o‘yin juda shafqatsiz kechadi”, – deya florensiyacha kalchoni tasvirlab bergan.

Italiyaliklar uchun futbol bu alohida mavzu. Kalcho o‘yini zamonaviy futbolda peshqadamlik qiladi. Har yilning iyun oyida Florensiyadagi XVI asr modelida yaratilgan Santa-Kroch maydoni “futbol maydoniga” aylanadi. Bu o‘yinda raqiblar to‘pni bir-birlarining darvozalariga kiritishlari kerak. Oxiri hozirgi futbol o‘yini kabi yakun topadi.

кальчо флоренция

O‘yin maydonchasi qum bilan qoplangan va ikki tomondan to‘silgan panjara darvoza vazifasini bajaradi. Har bir jamoa 27 kishidan iborat, ulardan 15 nafari hujumchi hisoblanadi. Ular uchta guruhga bo‘linadilar, ya’ni chap, o‘ng va markaziy. O‘yinchilarga dushmanni charchatish vazifasi yuklatiladi. Buning uchun turli xil kurash usullaridan foydalanish hamda qo‘l va oyoqlar yordamida urishish mumkin. 

Jamoa tarkibi:

5 nafar yarim himoyachi – “skanchator”
4 nafar himoyachi – “datori”
3 nafar yarim himoyachi –  “datori aderte”

флорентийский кальчо драка

O‘yinning maqsadi – har qanday usul bilan imkon qadar ko‘proq gol urishdir.

Har yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan chempionatda 4 ta jamoa ishtirok etadi. O‘yin davomiyligi – 50 daqiqa. Final 24-iyun kuni – Florensiyadagi “shahar bayrami” kuniga to‘g‘ri keladi.

флорентийский кальчо игрок

2006-yilgi jang paytida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgan va unda 50 kishi ishtirok etgan. Ularning barchasini zo‘ravonlikda ayblangan shaxslar tashkil etgan. Shuning uchun, 2007-yilda chempionatni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ushbu voqeadan keyin mahkumlar va sobiq mahbuslarga bu o‘yinni o‘ynash taqiqlangan.

флорентийский кальчо

2014-yilda yangi qoida joriy qilindi, unga ko‘ra, barcha futbolchilar Florensiyada tug‘ilgan yoki u yerda kamida 10 yil yashagan bo‘lishi kerak. Ushbu yangilik shuni isbotladiki, shu yo‘l bilan o‘yinchilar, nafaqat g‘azab yoki o‘yin-kulgi uchun odamlarni urishadi, balki o‘zlarining mas’uliyatlarini his qilishadi. Shu bilan birga, o‘z shahri va mintaqasining sharafini himoya qiladi.

флорентийский кальчо мяч