Forbes eng ko‘p daromad ko‘rgan reperlarning reytingini e'lon qildi

  • 19:29 / 20.09.2019
  • 754

Forbes jurnali eng ko‘p pul ishlab topgan reperlarning reytingini e'lon qildi. Reperlarning yillik ishlab topgan daromadi haqidagi maqola jurnalning veb sahifasida nashr qilindi.

O‘tgan yilgi daromadi 150 million dollarni tashkil etgan Kanye Uest ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi va bu safar 81 million daromad olgan reper "Jay-Z"ni ortda qoldirdi. Reper Dreyk esa 75 million dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

P.Diddy va Travis Skott to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallashdi. Shuningdek, kuchli o‘nlikka Eminem, DJ Halid, Kendrik Lamar, Migos va Donald Gloverlar kirdi.

Teglar