Foydali layfxak: Sellofan paketlarni tashlab yuborishga shoshilmang

  • 21:42 / 12.02.2020
  • 1538

Har birimiz oziq-ovqat sotib olish uchun supermarket yoki bozorga boramiz. Nima sotib olsak, sotuvchilar har doim mahsulotni polietilen paketchalarga solib berishadi. Arzimasdek ko‘ringan paket ham bepul emas – uni ham ma’lum bahoga sotib olishingiz kerak. Xo‘sh, sotib olingan paketni uyga kelib nega tashlab yuborasiz? Bunday qilish sizningcha, to‘g‘rimi? Ularni tashlab yuborishga shoshilmang, chunki ulardan ro‘zg‘oringizda yana maqsadli foydalanishingiz mumkin...

• Oshxonada
Ishlatilgan paketlardan yana foydalanishni xohlamasangiz, ularni po‘choq yoki chiqindi solishda qo‘llashingiz mumkin. Uni chiqindi chelagi ichiga, og‘zini ochgancha solib qo‘ysangiz, unga chiqindi tashlashingiz ham, uni olib tashlab yuborish ham osonlashadi.

• Vannaxonada
Agar siz vannada yotgancha, kitob yoki musiqa tinglashni yaxshi ko‘rsangiz bunda ham paketdan foydalanishingiz mumkin. Gadjetga suv tushishining oldini olish uchun uni paketga solib, keyin bemalol ishlatsangiz bo‘ladi.

Shuningdek, vanna jo‘mragini karash qoplab ketishining oldini olish uchun ham bunday paketchalardan foydalanishingiz mumkin: jo‘mrak boshchasiga sirka bilan to‘ldirilgan paket kiydirib qo‘yiladi (bir kechaga qoldiriladi).

• Bog‘ingiz uchun
Sellofan paketlardan kichik gullar uchun mini issiqxona yasash mumkin. Gultuvak usti paket bilan o‘raladi. 

• Uydagi mayda-chuyda ishlar uchun
Eshik tutgichi qishda muzlab qolmasligi uchun uni paket bilan o‘rab tashlang. Qishki poyabzalingiz o‘z ko‘rinishini yo‘qotmasligi uchun, uning ichini sellofan paketlar bilan to‘ldiring. Ko‘chada kiyib kelingan oyoqkiyimning loy-qumi uyga tushmasligi uchun poyabzal ustiga sellofan paket kiydirib qo‘ying. 

• Stolning tez kirlanuvchi sohalariga paket yopishtirish mumkin
Uyning kir jihozlar ustini, masalan oshxona stolini sellofan paket bilan qoplash mumkin. Buning uchun paketni kesib, kerakli yuzaga yopishtirish kifoya. Kir bo‘lganda uni bemalol olib tashlayverasiz...