Foydali layfxak: oddiygina piyozdan foydalanishning siz bilmagan usullari

  • 18:52 / 13.02.2020
  • 811

Piyoz super mahsulot nomiga loyiq. Aynan u go‘shtli, baliqli va sabzavotli ovqatlarning tarkibiy qismi, uy-ro‘zg‘or ishlarining ajralmas bo‘lagi. Mana masalan...

Grillning temir panjaralarini yaxshi tozalaydi
Yarimta piyoz grill temir to‘siqlarida qolib ketgan yog‘ qoldiqlarni ketkazadi. Tozalashning bu turini temir to‘siqlar hali issiq paytida amalga oshirgan ma’qul. Piyoz bo‘lagi sanchqiga sanchib, temirga yaxshilab ishqalanadi. Piyoz suvi nafaqat metallni tozalaydi, balki uni dezinfeksiyalaydi ham.

Bo‘yoq hidini ketkazadi
Uyingizni bo‘yaganmidingiz? Xonaga to‘rt bo‘lakka bo‘lingan piyoz va suv solingan idish qo‘yiladi (bir kechaga qoldiriladi). Ertalab o‘sha xona yaxshilab shamollatiladi. Qarabsizki, xonada piyoz hidi bilan birga bo‘yoq hidi ham yo‘qoladi.

Piyoz yig‘latmasligi uchun
Piyoz kesish ham katta sinov! Uni ko‘z yoshsiz kesish uchun, to‘g‘rash vaqtida saqich chaynang. Bu usul haqiqatdan yordam beradi.

Chivinlarni haydaymiz
Chivinlar piyoz hidini juda yomon ko‘radi. Tabiat qo‘yniga dam olishga chiqqaningizda qo‘l va oyoq terisiga piyoz suvini surtib olsangiz, ular sizni taqib qilmay qo‘yishadi. 

Pichoqni yarqiratadi
Agar pichoqni zang qoplagan bo‘lsa, u bilan piyoz to‘g‘rang. To‘g‘rash vaqtida pichoq zangdan xalos bo‘ladi va unda bironta ham dog‘ qolmaydi.

Mashinangiz uchun
Qish kunlarida mashina derazalari muzlab qolmasligi uchun oynaga piyoz ishqalab chiqing. 

Chumolilarni haydaymiz
Oshxonangizni chumolilar zabt etgan bo‘lsa, ularni piyoz bo‘laklari yordamida haydashingiz mumkin. Buning uchun piyozni idishdagi suvga solib, chumolilar g‘ujlagan yerga qo‘yish kerak.