G‘arbiy Sahroi Kabirdagi eng katta shaharlar

  • 20:57 / 05.12.2019
  • 758

G‘arbiy Sahroi Kabir G‘arbiy va Shimoliy Afrikaning Mag‘rib mintaqasida joylashgan. Bu sayyoradagi eng kam aholi punktlaridan biri bo‘lib, asosan, cho‘l tekisliklaridan iborat. XX asrning oxiriga qadar bu hudud Ispaniyaga mustamlakasi bo‘lgan.

западная сахара

1963-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘arbiy Sahroi Kabirni o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hudud deb tan olgan. BMT 1965-yilda Ispaniya hukumatiga dekolonizatsiya qilishni so‘rab murojaat qildi va 1975-yilga kelib Ispaniya Mavritaniya va Marokash mintaqalarini nazoratga oldi.

город эль аюн

Eng katta shaharlari

Aayyun
Aayyun G‘arbiy Sahroi Kabirdagi eng yirik shahar bo‘lib, qariyb 218 ming nafar aholiga ega. Viloyat aholisining 40 foizdan ortig‘i Aayyun tumanida istiqomat qiladi. Antonio Oro shaharchasiga 1938-yilda asos solingan. U 1940-yilda Sahroi Kabirning ispanlarga tegishli bo‘lgan qismi poytaxti bo‘lgan. Bugungi kunda Marokash hukumati tomonidan boshqariladigan Aayyun Sakia-al-Hamro mintaqasining poytaxtidir.

города западной сахары

Ad-Dahla

Ad-Dahla Atlantika sohilidagi Rio-de-Oro yarimorolida joylashgan bo‘lib, Kveb Ed-Dahabning poytaxtidir. Aholisi 106,277 kishi. Ad-Dahla mustamlaka davrida Rio-de-Oro viloyatining poytaxti bo‘lgan. Bugungi kunda shahar Mavritaniya va Marokashga tegishli. Shuningdek, u 1975-yildan 1979-yilgacha Tiris al-Garbiyaning poytaxti edi.

дахла

Smara

Smara – mintaqadagi uchinchi yirik shahar bo‘lib, aholisi, taxminan, 57,035 nafar. Qishloq 1869-yilda Sakiya al-Hamro mintaqasida sayyohlik maskani sifatida tashkil etilgan. U yerda avtovokzal va aeroport mavjud.

город смара

Bohador burni

Bohador burni G‘arbiy Sahroi Kabirning shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan. Atrofdagi xavfli marjon riflari ko‘plab kema halokatlarini keltirib chiqaradi. Portugaliyalik dengiz suzuvchisi Jil Eanesh 1434-yilda burun (geografik burun) atrofidan o‘tadigan birinchi yo‘lini kashf qilgan. Bu kashfiyot Afrikaga suzib boradigan yevropalik tadqiqotchilar va savdogarlar uchun xavfsizlik jihatdan juda muhim edi.

побережье западной сахары

Demografiya

Ushbu hududning tub aholisi G‘arb ommaviy axborot vositalarida “saharalar” deb nomlanadi, ammo marokashliklar ularni “barbarlar” deb ataydi. Shuningdek, bu yerda ko‘chmanchi badaviylar ham yashaydi. Ularning turmush tarzi tuareglarnikiga o‘xshaydi. Ba’zi marokashliklar bu hududga ko‘chib o‘tishgan. Sahroi Kabirning umumiy aholisi esa 500,000 kishidan oshadi.

эль аюн