GM’ning Kasaba uyushmasi taklifini rad etishi ish tashlashning davom etishiga sabab bo‘ldi

  • 17:35 / 07.10.2019
  • 211

General Motors rahbariyati va ish tashlashni e’lon qilgan ishchilari o‘rtasidagi muzokaralar vaziyatni yomonlashtirdi, dedi “United Auto Workers” (UAW) vitse-prezidenti Terri Ditts.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasaba uyushma muzokarachilari ish haqi, bonuslar, tibbiy sug‘urta va doimiy ish kafolatlari bo‘yicha katta talablarni qo‘yishgan. 6-oktabr kuni kompaniya kasaba uyushmasiga yana rad etilgan taklifni berdi.

GM matbuot xizmati muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Business Insider. Rahbariyat vakillari har kuni kasaba uyushma a’zolari bilan uchrashuvlar olib bormoqda.

Kompaniya ishchilarining ish tashlashi to‘rtinchi hafta davom etmoqda. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, ish tashlash kompaniyaga 1 milliard dollar va 118 mingta mashina ishlab chiqarilishining to‘xtab qolishiga olib kelgan.

Teglar