Germaniya sudi Tesla zavodi qurilishiga ruxsat berdi

  • 10:31 / 21.02.2020
  • 200

Germaniya sudi elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining Yevropadagi zavodi qurilishi uchun mo‘ljallangan o‘rmonda tozalash ishlarini olib borishga ruxsat berdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Berlin va Brandenburg ma’muriy sudlarining chiqargan qarori yakuniy hisoblanadi va shikoyatga o‘rin qoldirmaydi.
Bir necha kun oldin ushbu sud maydonda tozalash ishlarini olib borishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygandi. Endi sud “Yashil liga” ekologik kengashining shikoyatini rad etgan.
Sudyalar viloyat hukumati tomonidan ruxsat berilgan qurilish ishlarida qonun buzilishlarini topmagan. 
Eslatib o‘tamiz, Germaniyada o‘rmonlarni kesish qushlarning ko‘payish davrida kesilishiga ruxsat etilmaydi. Bu davr 1-martdan boshlanib to kuzgacha davom etadi. Shu bois o‘rmon kesuvchi texnikalar fevral o‘rtasida keltirilgan va ishni boshlab yuborgan edi.
Tesla zavodi 2021-yilning yozidan boshlab faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Bu yerda yiliga 150 ming dona Tesla 3 va Model Y ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Istiqbolda esa bu raqam 500 mingga chiqarilishi kutilmoqda.