Gonkong fond birjasi Londonning 39 milliard dollarlik aksiyalarini sotib olish fikridan qaytdi

  • 23:08 / 08.10.2019
  • 57

Картинки по запросу Hong Kong bourse pulls plug on $39 billion play for London Stock Exchange

Gonkong fond birjasi London fond birjasini sotib olish fikridan qaytdi, deb xabar bermoqda Reuters. Bitimning rad etilishi, Gonkong tomoni London birjasi rahbariyati yoki uning aksiyadorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi bilan izohlanadi.

London fond birjasini sotib olish bo‘yicha taklif Gonkong fond birjasi tomonidan 11-sentabrda chiqgan edi. Pul tarkibini va aksiyalarni almashtirishni o‘z ichiga olgan bitim 39 milliard dollarga baholandi.

Gonkong tomonining o‘z firkidan qaytishi ilgari surilgan shartlaridan biri bu London fond birjasining "Refinitiv" moliyaviy va tahliliy axborot guruhini 27 milliard dollarga sotib olishdan bosh tortishi bilan izohlandi. Gonkong tomonining taklifi qaytarib olingandan so‘ng, London fond birjasi "Refinitiv"ni sotib olishga tayyorgarlik ko‘rishda davom etayotganini e’lon qildi.

London va Gonkong birjalari dunyodagi eng yirik savdo maydonlaridan biri hisoblanadi. Sotib olish to‘g‘risidagi taklif bekor qilingani haqida e’lon qilinganidan so‘ng London fond birjasining aksiyalari 6 foizga tushdi va Gonkong birjasining qimmatli qog‘ozlari qiymati 2,3 foizga oshdi.

Teglar