Gonkongdagi norozilik namoyishlari oqibatida 19 kishi kasalxonaga yotqizildi

  • 16:30 / 08.09.2019
  • 288

Shanba kuni Gonkongda politsiya va hukumatga qarshi namoyishchilar o‘rtasida navbatdagi to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Norozilik namoyishlarida 19 kishi kasalxonaga yotqizildi, 2 kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bu haqda Ria Novosti RYHK telekanaliga tayanib xabar qilmoqda.

Rasmiylar shaharda davom etayotgan tartibsizliklarga olib kelgan munozarali ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini nihoyat qaytarib olishga qaror qilganliklariga qaramay, Gonkongda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari ketma-ket 14 hafta davom etmoqda.

Faollarning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar namoyishchilarning barcha beshta talabini bajarmaguncha norozilik namoyishlari to‘xtamaydi.

Juma va shanba kunlari namoyishchilar Gonkongning Monkok tumanidagi politsiya bo‘limida norozilik namoyishlari o‘tkazib, soyabon, qog‘oz qutilar va boshqa narsalarga o‘t qo‘yishdi. Politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun bir necha bor ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Bundan tashqari, namoyishchilar, metroda transport harakatini to‘xtatishga uringan.

Teglar