Google Android uchun “Hujjatlar”, “Jadvallar” va “Taqdimotlar” dizaynini yangiladi

  • 10:56 / 12.08.2019
  • 146

Endi ular kompaniyaning boshqa ilovalari bilan bir xil ko‘rinadi.

2019- yil yanvar oyida kompaniya xizmatlarning veb – versiyalarini yangiladi, lekin o‘zgarishlar Android kiritilgan mahsulotlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Dasturlar hozirda zamonaviyroq va qulayroq ko‘rinishda.

Birinchida, yangilanishdan keyin ko'zingizga tashlanadigan narsa yuqori panelning yo‘qligidir. Aslida u hechqayerga yo‘qolgani ham yo‘q, endilikda u oq rangda bo‘lgani uchun uni ilg‘ash qiyin.

Новый дизайн «Google Документов» для Android

Va ko‘rinib turganidek, Google “Yangi hujjat” va “Shablonni tanlash” tugmalari ko‘rinishini o‘zgartirdi va o‘zgartirilgan tugmachalar “+” orqasida yashiringan. 

Umuman olganda, ilovalar dizayni tozalandi, ammo bu ularning funksionalligiga ta'sir qilmadi. Aksariyat yorliqlar va tugmalar joyida qoldi. Yon panel funktsiyalari uchun ham xuddi shunday.

Yaqin kunlarda yangilash barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.