Grizmann: “Messi ko‘p gapiradiganlardan emas”

  • 16:49 / 02.10.2019
  • 491

«Barselona» yarimhimoyachisi Antuan Grizmann jamoadoshlari Lionel Messi va Usmon Dembele bilan munosabatlari haqida gapirdi. U yozda “Barselona”ga o'tganidan beri Lionel Messi bilan gaplashish qiyin bo'lganini tan oldi

“Messi men kabi ko‘p gapiradiganlardan emas. Shuning uchun biz bir-birimiz bilan aloqa qilishimiz qiyin. Oddiy munosabatlarimiz bor, xolos. O‘yinimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun biz oramizdagi munosabatlarimizni mustahkamlashimiz kerak. O‘yin jarayonida ham bir-birimizga yordam berishimiz kerak deb o‘ylayman” - degan Grizmann “Barselona” ning Chempionlar ligasidagi “Inter” ga qarshi o‘yini oldidan matbuotga.