Gruziyaning energetika siyosati va uning rivojlanish tendensiyalari

  • 23:27 / 08.10.2019
  • 208

Yaqinda, Tbilisi shahrida Gruziyaning energetika siyosati va uning rivojlanish tendensiyalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Xalqaro Energetika Agentligi tomonidan tashkil etildi. Unda Shveytsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, O'zbekiston va Ukrainaning statistika va energetika bo‘yicha vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda milliy va xalqaro statistika tashkilotlarida energetika statistikasi sohasidagi ekspertlar ham qatnashdi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan sanoat statistikasi boshqarma boshlig‘i S. Jo‘raev ishtirok etdi.

Uchrashuvda uy xo‘jaliklarida energiya iste’moli kuzatuvlarini tashkil qilish va o‘tkazish, yoqilg‘i-energetika balansini tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, energiya statistikasi sohasida axborot tarqatishda ayrim mamlakatlar tajribasi muhokama qilindi.