Gullar “tili”ni o‘rganamiz. Gullardan butun boshli xabar yozish mumkinligini bilasizmi?

  • 16:35 / 25.03.2020
  • 347

Gullarning ham o‘z “tili” mavjud bo‘lib, u gul beruvchining o‘y-fikrlari va tuyg‘ularini ifodalaydi. Gullar “tili”ni patriarxatning og‘ir sharoitida turk ayollari muloqot turi sifatida o‘ylab topishgan. Yevropaga bu bilimlarni fransuz sayohatchisi Obri de lya Mottre va britan yozuvchisi Meri Uortli Montegyular olib kirishgan. Ushbu yangilik Yevropa bo‘ylab tez tarqalgan va etiket qoidalarining bir qismiga aylanib qolgan. Turli xil gullardan buket tayyorlashning o‘zi, butun boshli xabar hisoblanadi. Quyida qaysi gullar nima deyishi haqida bilib olamiz.

1. Atirgullar:
• Qizil – “Sizni qattiq sevaman”.
• Oq – “Men sizning pok va samimiyligingizdan hayratdaman”.
• Sariq – “Do‘stligimga shubha qilmasligingiz mumkin”.
• To‘q pushti – “Sizdan minnatdorman”.
• Qora – “Qayg‘ularingizga sherikman”.

2. Gerbera – “Omad barcha narsada hamrohingiz bo‘lsin”.

3. Xrizantema – “Do‘stligingiz men uchun katta ahamiyat kasb etadi”.

4. Liliya (Nilufar):
• Och pushti – “Qiyin vaziyatlarda menga suyanishingiz mumkin”.
• Olovrang – “Men uchun yoqimsizsiz”.
• Oq – “Oliyjanobligingizdan hayratlanaman”.

5. Sumbul (Гианцинт):
• Qizil – “Meni kechiring”.
• Oq – “Siz o‘zgacha chiroylisiz”.
• Sariq – “Rashkdan “o‘lyapman”.
• Pushti – “Meni unuting”.

6. Gladiolus – “Doim sizni himoya qilaman”.

7. Hydrangea (Гортензии) – “Siz menga ahamiyat bermaysiz”.

8. Mangoliyalar – “Baribir men bilan bo‘lasiz”.

9. Tirnoqgul (Ноготки) – “Yuragimda qayg‘u bor”.

10. Karnaygul – “Siz buyuksiz”.

11. Lolaqizg‘aldoq – “Yuragim band”.

12. Snapdragon (Львиный зев) – “Sizga shubham bor”.

13. Mimoza – “Ishonchimga arzishga harakat qilib ko‘ring”.

14. Nargis – “Qachon ko‘rishamiz?”.

15. Boychechak – “Umidingizni uzmang”.

16. Moychechak – “Sevasizmi, yo‘qmi?”.

17. Binafsha – “Xayollarim faqat siz haqingizda”.

18. Namatak – “Yaralaringiz bitib ketadi, deb umid qilaman”.

19. Lavanda – “Tinchlik va xotirjamlik tilayman”.

20. Chinnigullar:
• Oq – “Niyatlaringiz amalga oshsin”.
• Sariq – “Menga siz yetishmayapsiz”.
• Yo‘l-yo‘l – “Siz bilan munosabat o‘rnatishni xohlamayman”.

21. Convallaria (Ландыши) – “Sizni anchadan beri sevaman, ammo o‘zingizga ayta olmayman”.

22. Lola:
• Pushti – “Menga juda qadrlisiz”.
• Olovrang – “Sog‘-salomat bo‘ling”.

Gullar ma’nosi, shuningdek, rangi va soniga qarab ham farqlanadi:
• 25 ta atirguldan iborat guldasta – sevgi izhori hisoblanadi.
• 17 ta atirgul – yubiley yoki to‘y kunida beriladi.
• 15 ta atirgul – qattiq hurmat va sadoqat ramzi (hamkasb va boshliqlarga sovg‘a qilish tavsiya etiladi).
• 13 ta atirgul – omadsizlik va baxtsizlik ramzi.
• 11 ta atirgul – do‘stlik ramzi. Shu bilan birga, erkaklar turmush o‘rtoqlariga har qanday bayramda sovg‘a qilishlari mumkin.
• 9 ta atirgul – do‘stlar va hamkasblar uchun sovg‘a qilinishi taklif qilinadi.
• 7 ta atirgul – “Qo‘l so‘rash” va turmushga chiqishni taklif qilish uchun sovg‘a qilinadi.
• 5 ta atirgul – gul taqdim qilinayotgan insonni anchadan buyon sevishingiz, ammo buni o‘zidan yashirayotganingizni bildiradi.
• 3 ta atirgul – ishonch, umid va sevgini bildiradi.
• 1 ta atirgul – “Siz men uchun yagonasiz”, degan ma’noni bildiradi.