Habib Nurmagomedov: UFC rahbari Dana Uaytning ustini mo‘ljallab sakragandim

  • 11:59 / 08.09.2019
  • 2413

Avvalroq Habib Nurmagomedov UFC’ning yengil vazn toifasida amerikalik Dastin Poryeni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar qilgandik. Jangdan so‘ng dog‘istonlik “changalzor qiroli” ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

G‘alabadan keyin Habib oktagondan sakrab chiqdi. Ammo bu safar u Konor Makgregor bilan bo‘lgan jang (2018-yil oktyabr)dagi kabi janjal ko‘tarish uchun emas, balki g‘alabani nishonlash maqsadida shunday qildi. U o‘z xursandchiligini dastlab UFC rahbari Dana Uayt bilan bo‘lishdi.

"U yerda amakilarim ham bor edi. Dana Uaytning orqasida o'tirishgandi. Sakraganimda betonga tushibman, aslida Dananing ustini mo‘ljallagandim, harholda shunda yumshoqroq tusharmidim. Albatta, bu g‘alaba quvonchidan ro‘y berdi.

– Bunaqa sakrashlarimni to‘xtatishim kerak. 2008-yildan 2012-yilgacha bolalarga murabbiylik qilganman. Biz o‘rgatadigan va o‘rganadigan birinchi narsa bu hurmat. Do‘stlarga, raqiblarga va albatta, murabbiyga bo‘lgan hurmat, – deydi u.

Картинки по запросу прыжок Хабиба сегодня

Teglar