Hafta davomidagi eksportning 93 foizini suyultirilgan gaz tashkil qildi – O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi

  • 19:54 / 07.01.2020
  • 238

O‘tgan haftada birja savdolarining hajmi 426,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 1,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida suyultirilgan gazning ulushi – 93 foiz, paxta tolasi 7 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 9,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi, kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 5,3 mlrd. so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 54,3 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 27,8 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 6,8 mlrd. so‘mdan oshdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 588 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21,9 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,2 foiz ikkinchi va 27,9 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri keldi.