Hafta oxirigacha 6ta xalqaro aviaqatnov amalga oshiriladi

  • 21:18 / 26.05.2020
  • 269

O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan 25-may kuni amalga oshirilgan “Toshkent - Yekaterinburg - Toshkent” reysi orqali 278 nafar fuqaro olib kelindi. 

Bugun, 26-may kuni amalga oshirilishi belgilangan “Toshkent – Moskva – Toshkent” reysi orqali esa 275 nafar o‘zbekistonlik fuqaro olib kelinmoqda.   

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga ko‘ra mazkur hafta oxiriga qadar Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Istanbul va Moskva shaharlariga yana 6 ta qatnov amalga oshirilishini ma’lum qildi.