Hamma ishga ulgurishning “pomodoro” usuli 

  • 19:05 / 12.09.2019
  • 441

“Pomodor” texnikasi – 1980-yillarning oxirida italiyalik talaba Francheski Chirillo tomonidan o‘ylab topilgan vaqtni boshqarish usuli hisoblanadi. Bu texnikaga ko‘ra, kishi ish vaqtini “pomodoro” deb ataluvchi 25 daqiqalik bo‘laklarga ajratishi va ularning orasida 5 daqiqalik tanaffuslar uyushtirishi lozim. “Pomodoro” texnikasi samaradorlik va taym-menejment bo‘yicha ekpertlar o‘rtasida ancha mashhur. Uni qanday qilib diqqatni to‘plash, samarali ishlash, ko‘p vazifalarni bajarishga ulgurish bo‘yicha tavsiyalarda uchratasiz

“Pomodoro” texnikasi haqida “A Life Of Productivity” blogi muallifi Kris Beyli shunday deb yozadi:
“Ushbu texnika oson: biror narsa ustida 25 daqiqa ishlaysiz, keyin 5 daqiqa tanaffus qilasiz. Buni uch marta takrorlang. To’rtinchi marta ishlaganingizdan keyin uzunroq tanaffus qiling – 25 daqiqa yoki undan ham ko‘proq. Bu texnika samarali, chunki bitta narsaga diqqat qilishingiz va sizni tin olishingizga yordam beruvchi tanaffuslar qilishingizga undaydi”. 

Tadbirkor Kris Uinfeld “pomodoro” yordamida hayotini o‘zgartira oldi. Endi u o‘ziga qulay vaqtda ishlay oladi, ish haftasi va kunlarining cheklovlariga bo‘ysunishi shartmas. 

“Haftasiga 35-40 soat “ishlayman”, ammo kamida 20-25 soatim qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar va unchalik muhim bo‘lmagan narsalarga ketadi. Bular kerak, ammo ularni ish vaqtiga kiritmayman. Haqiqiy ish soatim esa 16,7 soatni tashkil qiladi va bu vaqt ichida qolgan 25 soatdagidan ko‘proq ishga ulgurman” – deydi u.

Teglar