Har kuni bittadan ko‘chat ekkan odam

  • 18:37 / 11.09.2019
  • 555

Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV)ning mashhur hadisida shunday deyilgan: “Qodir Alloh oldida xayrli ishlarning eng suyuklisi, ahamiyatsiz bo‘lsa ham, doimiy bo‘lgan narsadir”. Ushbu hadis 48 yil davomida har kuni bitta daraxt ko‘chati o‘tqazadigan bangladeshlik Abdus Samad Shayxning hayoti davomidagi shiori bo‘lgan.

Maydondagi bitta jangchi – jangchi emas, ya’ni bir kishi vaziyatni o‘zgartira olmaydi, deyishadi. Lekin bangladeshlik riksha haydovchisi Abdus Samad Shayxning hayoti bu gaplar to‘g‘ri emasligini isbotlaydi. U 12 yoshidan boshlab har kuni kamida bitta daraxt ekardi.

Похожее изображение

Abdus Samad Shayx “Samad daraxti” deb yuritiladigan ona yurti Faridpur shahrida ko‘p yillar riksha haydovchisi bo‘lib ishlagan. Oddiy mehnat unga kuniga 100 taka ($ 1,25) daromad olib kelardi. Bu juda kam edi. Abdus Samadning topgani o‘z oilasini boqish uchun yetarli bo‘lmasa-da, lekin har kuni Faridpur bog‘i markazidan bitta daraxt ko‘chat sotib olishga imkon topardi.

“Agar daraxt ekmasam tuni bilan uxlay olmayman, degan edi Abdus Samad The Daily Star gazetasiga bergan intervyusida. – O‘n ikki yoshimdan beri bu ishni qilaman. Men ularni asosan davlat yerlariga o‘tqazaman, shunda keyinchalik hech kim ularni kesolmaydi. Ularni sug‘oraman va agar kimdir daraxt kesayotganini ko‘rsam, u odamni koyib beraman. Men barcha jonzotlarni va hayvonlarni, ayniqsa, daraxtlarni yaxshi ko‘raman”.

Samad rafiqasi Tara Begum va to‘rt nafar farzandi bilan Faridpur idorasiga tegishli yer maydonida oddiy kulbada yashashgan. Ular o‘zlarining yerlariga ega emas edilar. Shuning uchun xotini ba’zan daraxt sotib olishga pul sarflaganida uni urishardi. Abdus esa uning gapiga quloq solmasdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu “biznes”ni dunyo oldidagi burchi deb bilgan.

Картинки по запросу Человек, который полстолетия каждый день сажал по дереву

Abdus Samad Shayxning barcha qo‘shnilari uning kundalik odati haqida bilishar edi. Uni hurmat qilishlarini va u o‘nlab yillar oldin ekkan bir nechta katta daraxtlarini ko‘rib havas qilishlarini aytishardi.

Shayxning 60 yoshidagi so‘zlariga ko‘ra, u 48 yil oldin, Qodir Tangrining buyrug‘ini eshitib, daraxt ekishni boshlagan. O‘shandan beri u har kuni bu savobli ishni amalga oshirmoqda, ya’ni shu paytgacha u 17,500 dan ortiq daraxt ekishga ulgurgan.

U tabiatni saqlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun Bangladeshdagi eng yirik gazeta “The Daily Star” tomonidan mukofotga sazovor bo‘lgan. Ushbu mukofot unga oilasi uchun uy qurishga yordam berdi. “Tabiat qo‘riqchisi” o‘z so‘zlarida barchani atrof-muhitni muhofaza qilishga chaqiradi va minnatdorlik bildiradi.

– Men bu faoliyatni yakka o‘zim qilolmayman, hammangizning yordamingizga muhtojman, – deydi Abdus.

Afsuski, Abdus Samad Shayx jigarida o‘simta borligi aniqlangach, ko‘p o‘tmay 60 yoshida vafot etdi. Biroq, uning merosi hayotini davom ettiradi va bizga birgina odam ulkan ishlarga qodirligini eslatib turadi.

Teglar