Hashamat uchun qancha sarflay olasiz?

  • 16:47 / 02.09.2019
  • 616

Bugungi millionlar (pullar, odamlar, muammolar) ichida kishilik jamiyatidagi hashamat va qulaylik orasi tobora uzoqlashib ketyapti. Birov bozordan qimmatbaho va hashamatli “Bentley” olib xursand boʻlsa, yana birov qishda oyoqlarini sovuq va namgarchilikdan saqlash uchun topgani birgina kalishga yetganiga xursand!  
Kimdir millionlab pullari bilan hashamat, kimlardir esa millionlab muammolariga, shunchaki yechim qidiradi. Biz esa “yaxshi niyat — yarim davlat” qabilida millionlaringizni (agar ular bor bo‘lsa, albatta) qayerga sarflashingiz mumkinligi xususida baʼzi ma’lumotlarni keltiramiz.

Xoʻsh, millionlaringizni qaysi mehmonxonalarda sovurgan boʻlardingiz?

Hotel President Wilson (Shveysariya) 

Рисунок 19. Hotel President Wilson.

Eng qimmat mehmonxonalar uchtaligini Yevropaning eng boy va hashamatlar poytaxti boʻlgan Jenevadagi Hotel President Wilson (Shveysariya) mehmonxonasi boshlab beradi. Mehmonxona AQShning 28-prezidenti sharafiga nomlangan boʻlib, dastlab Shvetsiyaning Nestle korporatsiyasiga tegishli edi. 1989-yilga kelib u Tammanlar oilasiga sotildi va ushbu rahbariyat mehmonxona hayotida katta burilish yasay oldi.
Hotel President Wilson’dagi Qirollik pentxauslari haqiqatdan ham ulugʻvor.  1680 kvadrat metrli hashamatli xonalar va ularning Jeneva koʻliga qaragan ponaramali derazalari unga yanada viqor bagʻishlaydi. Ushbu lyuks nomerning oʻzida 12 ta yotoqxona va bir nechta “super” jihozlangan dush va jakuzilari mavjud. Bundan tashqari, u eng soʻnggi texnologiyalarga, masalan, dunyodagi eng katta televizorga ega.

Рисунок 20. The Royal Penthouse Suite at the Hotel President Wilson.

Siz oʻz xonangizdan chiqmasdan turib pianino chalishingiz, bilyard oʻynashingiz yoki sport bilan shugʻullanishingiz mumkin. Bu paytda shaxsiy oshpazingiz sizga eng mazali ovqatlarni tayyorlayotgan boʻladi. Siz kechangizni Bill Klinton va Mixail Gorbachev tunagan nomerda oʻtkazmoqchi boʻlsangiz, “bor-yoʻgʻi” 80 ming AQSh dollari sarflasangiz kifoya. Dollarlaringiz boʻlmasa, bir kechalik hashamat sizga oʻrtacha 752 million soʻmga tusharkan.

Grand Resort Lagonissi (Gretsiya) 

Рисунок 17. Grand Resort Lagonissi Греция.

Suratdagi villalar Gretsiyaning Lagonissi orolida, Egey dengizining Saronikos koʻrfazida joylashgan. Grand Resort Lagonissi chindan ham goʻzallikda tengi yoʻq maskan! Mehmonxona ajoyib koʻrinishga — qimmatbaho interyer va oliy darajali xizmatlarni oʻz ichiga oladi. Uning diqqatni tortadigan jihatlaridan biri mebel va mebel jihozlari ekologik toza materiallardan yasalgan. Mehmonxona sizga eng yaxshi restoranlar, kurortlar, yaxtalar, golf maydonidagi oʻyinlar va dayving (bu maxsus jihozlar yordamida shoʻngʻish)ni taqdim qiladi.

Рисунок 18. Royal Villa.

Mehmonxonaning eng oliy martabali mehmonlari uchun tayyorlanadigan lyuks nomeri — Royal Villa’ning ichki maydoni 410 kvadrat metrni tashkil qilib, ikkita yotoqxona va ulkan kaminli zaldan iborat. Nomerda, shuningdek, spa-kamerasi, ikkita basseyn, sport zali va hatto kushxona ham mavjud. Nomerning umumiy maydoni 650 kvadrat metr boʻlib, hovlisida isitiladigan sunʼiy hovuz va dam olish joylari bor. 
Agar siz bunday taʼtilga tayyor boʻlsangiz, bir kechangiz uchun 75 ming AQSh dollarini yoki 705 million soʻmni “qurutday” sanab berishingizga toʻgʻri keladi.

Raj Palace (Hindiston)

Рисунок 15. Raj Palace Индия

Dunyodagi eng qimmatbaho mehmonxonalar uchtaligining bronza medali Raj Palace’ga nasib qilgan. Bu hashamatli mehmonxonaning aksariyat qismi XVIII asrda boburiylar sulolasi vakillari tomonidan qurilgan saroy qalʼalaridan iborat. Saroy tarkibiga kiruvchi ikkita qalʼada uzoq yillar maharajalar sulolasi vakillari umrguzaronlik qilishgan.
1995-yilda mehmonxona egasi — malika Jaindra Kumari xohishi bilan toʻliq taʼmirdan chiqarildi va shu yoʻnalishdagi koʻplab mukofotlarga, jumladan, Osiyodagi eng yaxshi mehmonxona maqomiga ega boʻldi.
Mehmonxonaning eng yuqori darajali nomeri ilgari maxaraja yashagan xonalarni oʻz ichiga olgan boʻlib, egallagan maydoniga koʻra butun Osiyo mehmonxonalari ichida eng kattasi hisoblanadi. U oʻzida 1 500 kvadrat metrda joylashgan ichida barlari boʻlgan dam olish xonasi va 4 ta yotoqxonani jamlaydi.
Shuningdek, ushbu nomerni oltin bilan qoplangan mebel va antikvarlar bilan bezatilgan uch qavatli pavilyon deyish ham mumkin.

Рисунок 16. Presidential Suite at Raj Palace.

Sizga ajratiladigan ushbu lyuks xona mebellarining asosi fil suyagidan tayyorlangan. Uchinchi qavatda esa jakuzi va shahar manzarasini tomosha qilishni xush koʻruvchilar uchun dam olish “terrasa”si mavjud.
60 ming AQSH dollari miqdoridagi summani yoki 564 million soʻmni nimaga sarflashni bilmay turgan boʻlsangiz, sizni Raj Palace mehmonxonasiga — Hindistonga borishingizni taklif qilamiz. Balki bahonada Shohruhxon bilan tanishib olarsiz...