Hind xarobalaridan olingan 13 ta surat: tabiiy ofatlar va o‘ta qashshoqlik oralig‘idagi hayot

  • 19:28 / 06.11.2019
  • 313

© Jonas Bendiksen

Norvegiyalik fotosuratchi Jonas Bendiksen Hindiston, Indoneziya, Venesuela, Afrika davlatlari va boshqa joylarni aylanib chiqib, qashshoqlikda yashovchi odamlarni suratga oldi.

Xarobalar, tor joylar, chidab bo‘lmaydigan mehnat sharoiti bu yerdagi  insonlar har kuni uchratishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning bir qismi, xolos. 

Jonas bu rasmlar orqali maishiy va ijtimoiy dahshatlar ichidagi odamlarning yashash uchun kurashayotganlarini ko‘rsatish bilan birga yaqin insonlar o‘rtasidagi quvonch, sevgi, mehr-oqibat tuyg‘ularini namoyon qilishga intilgan. Eng muhimi, bu insonlar dahshatli sharoitda biror hayvon yoki axloqsiz, o‘g‘riga o‘xshab qolmay o‘z qadr-qimmatini saqlab qola olgan. 

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, taxminan 93 million kishi kambag‘al joylarda istiqomat qiladi.
Dunyodagi eng yirik xarobalar Hindistonning katta shaharlarida (Mumbay, Dehli, Bangalor, Chinnay, Kalkutta) joylashgan.

Ularda na aloqa bor, na yashash uchun qulay sharoit (elektr toki, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz – aholi bular haqida faqat orzu qiladi). So‘nggi yillarda ba’zi joylarda elektr toki paydo bo‘la boshladi, ba’zilari ovqat pishirish uchun kichik plitalardan foydalanishmoqda, ayrim uylarda (agar ularni uy deyishning imkoni bo‘lsa) eski televizor yoki CRT monitorli juda arzon kompyuterlar bo‘lishi mumkin.

Ko‘pincha bunday uy-joylar juda kichik bo‘lib, ularning umumiy hududi o‘rtacha 8-10 kvadrat metrni tashkil qiladi. Lekin bu joylarda butun bir oila a’zolari birgalikda jon saqlashadi. Mazkur uylarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaydi. Bu esa kichik yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar boshpanalaridan ayrilib qolish ehtimolini oshiradi.  

Endilikda xarobalar joylashgan ko‘plab joylar tadbirkorlar tomonidan sotib olinib, o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Biroq, xarobalar va u yerda yashovchi kambag‘allar Hindistonning yashirin ramzi bo‘lib qolaveradi. 
Fotografning suratlarini tomosha qilib, o‘zingiz uchun xulosa chiqaring.