Hindistonlik mutaxassisga TATU faxriy professori unvoni topshirildi

  • 17:53 / 07.11.2019
  • 240

Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Urganch filialida Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollarini tashkil etadigan respublika tanlovi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Bu haqida AKT vazirligi matbuot xizmati Xabardor.uzga ma’lum qildi.
Unda Toshkent shahridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) direktorining Hindistonlik ekspert maslahatchisi – Djarayam Partasarti ishtirok etdi.

Seminar davomida dastlab Toshkent shahridagi IT-Park faoliyati va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olayotgan yoshlar uchun Texnoparkda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng Eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha “MGovAward” tanlovining maqsadi, mazmun mohiyati, tanlov shartlari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida IT-Park direktori maslahatchisi Djarayam Partasartiga TATU Urganch filiali faxriy professori unvoni topshirildi. 

Xabardor.uz