IShID Tojikistonning chegara postiga qilingan hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi

  • 17:13 / 09.11.2019
  • 104

IShID terroristik guruhi 6-noyabr kuni tojik-oʻzbek chegarasidagi hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

Bu haqida ekstremistlarning axborot faoliyatini kuzatuvchi SITE Intelligence Group xabar berdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq IShID jangarilari Rudaki viloyatidagi Sultonobod chegara otryadiga hujum qilgani haqida xabar bergandik.

 Oʻsha kuni 15 jangari oʻldirildi. Bundan tashqari, IShIDning besh jangari hibsga olingan. Tojikiston tomonidan esa xavfsizlik xizmatining ikki xodimi vafot etgan.

Teglar