Ibn Sino sizning shifokoringiz bo‘lganida, sizga qanday dorilar tavsiya qilardi?

  • 16:23 / 23.09.2019
  • 2013

Bugungi kunda kasalliklarning turi juda ham ko‘payib ketdi. Qaysi shifoxonaga ishimiz tushmasin, navbatdagilar soni ortib ketganini ko‘rishimiz mumkin. Eng qizig‘i, shifokor qabulidan bir talay dorilar ro‘yxati bilan qaytamiz. U dorilar tanamizning qayeri uchundir foyda bersa, boshqa joyi uchun ikki hissa zarar yetkazadi. Ayniqsa, yosh yigit-qizlar orasida bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlar og‘rig‘i, soch to‘kilishi, kamqonlik kabi kasalliklarning ko‘payib borishi tashvishli holat.

Nima sababdan ota-bobolarimiz uzoq umr ko‘rishgan, hatto kasallikning ko‘p turlarini bilishmagan ham. Chunki, u paytda dorixonalar ko‘p bo‘lmagan. Ular kasallikka qarshi tabiiy yo‘l bilan kurashgan. Xo‘sh, ular tabiiy davolash usullarini qayerdan bilgan?

O‘rta osiyolik buyuk alloma Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” kitobida ming dardga davo bo‘luvchi sirlarni yozib qoldirgan. Ajdodlarimiz esa unga muntazam amal qilgan. 

Quyida siz Ibn Sinoning ko‘p uchraydigan kasalliklarga davo bo‘luvchi tavsiyalarini o‘qishingiz mumkin.

1. Onalik sutini ko‘paytirish uchun nima qilish kerak?

Ertalab va kechqurun yengil sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullaning.
Qora loviya urug‘ini asal bilan iste’mol qiling.
G‘azab, qayg‘u, umidsizlik, qichqiriqlardan saqlaning.
Qo‘y, echki, baliq, semiz tovuq va bedana go‘shlarini yeb turing.

Картинки по запросу ‫حبة الحبة السوداء‬‎

2. Astma

Taomga za'faron (shafran) qo‘shing.
Kaklik, xo‘roz go‘shtlaridan tayyorlangan sho‘rva iching.
Quritilgan shifobaxsh o‘simliklardan choy tayyorlab iching.
Dengiz piyozi, astragalus, sariq anjir, tozalangan bodom va asal aralashmasidan foydalaning.

3. Jigar kasalligi uchun

Och qoringa sovuq suv ichish va og‘ir jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish jigar uchun o‘ta zararli.
Za'faron (shafran) va turp iste’mol qiling.
Mayiz, yong‘oq, pista jigar uchun foydali.

Картинки по запросу тамаринд

4. Diareyada nima qilish kerak?

Oshqozoningizni zaytun moyi va arpa uni aralashmasi bilan kompres qiling.
Arpa qaynatmasini iching.
Ovqatlaringiz tarkibida sumak (ziravor) bo‘lsin.

Картинки по запросу квас овсяной

5. To‘g‘ri ovqatlanish nima?

Tushlikka kuchli kaloriyali ovqat yeng. Kechki taomni yengil qiling.
Qo‘y go‘shti va bug‘doyga afzallik berish kerak.
Mevalardan anjir, uzum va xurmoni ko‘proq yeyish zarur.
Kislotali ovqatlardan imkon qadar uzoqlashing. Ular qarishni tezlashtiradi.

Картинки по запросу полезный завтрак

6. Anemiyada nima qilish kerak?

Siz no‘xot, qaynatilgan tuxum, anjir, rayhon iste’mol qilishingiz kerak.
Chinniguldan choy damlab iching.

7. Quloq og‘riganda nima qilish kerak?

Quloqlaringizga achchiq bodom yog‘i tomizing.
Rayhon iste’mol qiling.

Картинки по запросу масло горького миндаля

8. Bo‘g‘im og‘riqlarida nima qilish kerak?

Bo‘g‘lamlarga xina yog‘i surting.

9. Ko‘z kasalliklari uchun

Ko‘rishni yaxshilash uchun siz doimo qaynatilgan va qovurilgan sholg‘omni iste’mol qilishingiz kerak.

Картинки по запросу вареная репа

10. Ovqat hazm qilish buzilganda…

Qalampir ovqatni hazm qilish uchun eng yaxshi doridir.
O‘ng tomongiz bilan qarab yoting.
Shirin bodom yog‘i, piyoz, karam va zaytun moyining kompressini oshqozon hududiga alohida-alohida yoki birgalikda qo‘llash mumkin.

Картинки по запросу перец

11. Hiqichoq tutganda nima qilish kerak?

Hiqichoq tutib qolganda faol harakatlar, yugurish, qichqiriq, kuchli his-hayajon – quvonch yoki qo‘rquv, yuzingizni sovuq suv bilan yuvish, otga minish yordam beradi.

Картинки по запросу катание на лошадях

12. Oshqozon kasalliklari

Oshqozon uchun eng yomon narsa ko‘p ovqat yeyishdir.
Siz qoidaga amal qilishingiz kerak: “Kam-kamdan tez-tez ovqatlaning”.
Uzoq vaqt davomida och qolishdan saqlaning.

Картинки по запросу нельзя голодать

13. Buyrak og‘rig‘iga nima davo?

Eshak va echki sutini iching.
Qatiq buyrak kasalligining eng yaxshi davosi.

14. Tish og‘riganda nima qilish kerak?

Og‘riyotgan tishga sirka bilan qaynatilgan chinor po‘stlog‘ini surtish zarur.

Картинки по запросу кора чинара

15. Soch to‘kilganda nima qilish kerak?

Dimyanka (o‘simlik) damlamasini iching yoki sochlaringizga surting.

Картинки по запросу отвар дымянки

16. Bosh og‘rig‘ining davosi nima?

Shafran, tuxum sarig‘i, chinnigul choyi va sirka iste’mol qilish lozim.
Bosh uchun hijama (qon almashtirish) qiling.
Bir vaqtning o‘zida ikkala oyog‘ingizni massaj qiling.
Qo‘l va oyoqlaringizni issiq suvga botiring.

Картинки по запросу цикорий