Ideal guldastani qanday tanlash mumkin?

  • 00:18 / 09.11.2019
  • 282

Hayotda biron marta guldasta bermagan inson bo‘lmasa kerak. Chunki aynan guldasta har ikkala jins vakillariga mos keluvchi sovg‘a hisoblanadi. Biroq sovg‘a oluvchi insonga qarab guldasta tarkibi va shaklida biroz farq bo‘ladi.

Erkaklar uchun

Цветы 2

Erkakka guldasta berishingiz kerakmi? Unda bor e’tiboringizni “jiddiy” tusdagi guldastalarga qarating. Bunda sizga kala, lola, gerbera, gladiolus kabi gul navlaridan yig‘ilgan dasta to‘g‘ri keladi. Uning shakli burchakli yoki to‘rtburchak bo‘lmog‘i lozim. “Erkakcha” buketni dekorativ elementlar bilan bezatishning keragi yo‘q. 

To‘y-hashamlarga

Цветы 3

Bunday asosiy kunlarga dabdabali va yorqin rangdagi guldastalarni bersangiz yarashadi. Tarkibi atirgul, liliya, eustoma yoki gortenziyadan iborat guldasta juda mos keladi.    

Tug‘ilgan kunda

Цветы 4

Tavallud ayyomi uchun kun qahramoniga xush keluvchi gullar yig‘indisidan iborat dasta eng to‘g‘ri tanlov hisoblanadi. 

Yangi tug‘ilganlarga

Цветы 5

Yangi tug‘ilgan chaqaloq va onaga gullardan iborat savatcha ayni muddao. Qiz tug‘ilgan bo‘lsa, nozik va och pushti gullardan iborat guldasta bersangiz bo‘ladi. O‘g‘il bolaga esa ko‘k va binafsha rangli gullardan iborat guldasta juda mos tushadi. 

Sevimlilar uchun

Цветы 6

Agar siz birorta mashhur va sevimli san’atkoringizga guldasta sovg‘a qilmoqchi bo‘lsangiz, uzun poyali gullarga e’tibor bering. Rangi esa yorqin bo‘lishi kerak. Bunday guldasta sevimli xonandangizning ham atrofdagilarning ham e’tiborini tez tortadi. 

Diqqat! Guldastadagi gullar soni juft emas, toq bo‘lishi kerak.

Teglar