Ikki barobar tez o‘qishni o‘rganishni istaysizmi?

  • 02:37 / 24.05.2020
  • 336

Ta’lim jarayonini osonlashtirish, bizga juda ko‘p bilimlarni vaqt ketkizmay egallash imkonini taqdim etadi. Bugun biz e’tiboringizga fikran o‘qishni ikki barobar tezlashtirish yo‘lini o‘rgatamiz. 
Iloji boricha tezroq o‘qish uchun so‘zlarni xayolan talaffuz etishni bas qiling. Buning uchun nutq mexanizmini nima bilandir band qilish kerak. Masalan, saqich bilan.

Bolalikda o‘qishni qanday o‘rganganingiz yodingizdami? Qoidaga ko‘ra, dastlab bolalar tovushlarni o‘rganadilar, so‘ngra rasmlar yordamida harflarni yodlashadi. Keyin esa so‘z va jumlalarga o‘tadilar. Agar bola benuqson ovoz bilan o‘qisa, o‘zi o‘qishga o‘rgatiladi. Vaqt o‘tishi bilan biz bunga ko‘nikib qolamiz, lekin o‘qish paytida matnni fikran qaytarish odati bizda umr bo‘yi qolishi mumkin. Bu kognitiv yukni kamaytiradigan tabiiy avtomatik jarayon – subvokalizatsiya deyiladi.

Subvokalizatsiya jarayonining asosiy raqiblari tez o‘qish bo‘yicha o‘qituvchilardir. Tasavvur qiling-a, nutq tezligi daqiqasiga 170 so‘zni tashkil etganida, ular o‘sha vaqt oralig‘ida fikran 600 ta so‘zni o‘qiy oladi. Agar siz nutqning sur’ati hazm qilingan ma’lumot miqdorini aniqlamasligi kerakligini tushunsangiz va bu odatdan xalos bo‘lishni istasangiz, muvaffaqiyat retsepti juda oddiy: ovozli apparatingizni harakatsiz saqlang. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ikki haftalik amaliyot subvokalizatsiya odatini abadiy tark etish uchun etarli bo‘ladi.

Buning eng oddiy usuli – o‘qish paytida saqich chaynash. Bunday holda nutq mexanizmi ishlamaydi, u harakasiz bo‘lgani uchun emas, balki boshqa ish bajarayotgani uchun.
Hech kim bir vaqtning o‘zida ham gapirib, ham saqich chaynay olmaydi. Kerakli maqsadga erishgan zahoti bu usul odat bo‘lib qolmasligi uchun uni darhol tark eting.