Ikkinchi kun yeyish mumkin bo‘lmagan uch mahsulot

  • 19:43 / 12.11.2019
  • 1066

Ba’zi uy bekalari oxirigacha yeyilmay qolgan ovqatni ertangi kun yana isitib yeyish uchun muzlatkichga qo‘yishadi. Sizda ham shunday bo‘lganmi? Agar “ha”, deb javob bersangiz, ayrim mahsulotlarni ketma-ket ikki kun iste’mol qilish mumkin emasligini bilib olishingiz kerak

Kesilgan mevalar

Kesilgan va po‘stidan tozalangan mevalarni 12 soatdan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Uzoq saqlangan mevalarda nitratlar paydo bo‘ladi va uni yegan odаmda oshqozon-ichak kasalliklari va hatto, saraton rivojlanish xavfi ortishi mumkin.

Guruch

Xom guruchda xavfli bakteriyalar saqlanadi. Suvda qaynatish vaqtida ularning ko‘pchiligi nobud bo‘ladi, ammo Bacillus cereus kabi ayrim bakteriya turlari tirik qoladi. Ertasiga yeyish uchun qoldirilgan guruchda bakteriya sporalari qayta tirilishi va faol ko‘payishi mumkin. Ba’zi bakteriya turlari og‘ir turdagi ovqatdan zaharlanishga olib keladi.

Mayonezli salat

Mayonez qo‘shilgan salatlarni muzlatkichda bir sutkadan ortiq saqlash mumkin emas. Ularni xona haroratida qoldirish ham taqiqlanadi. Bu jiddiy zaharlanishlarga olib kelishi mumkin. Yangi yil bayramlaridan keyin ovqatdan zaharlanishlar soni ortishi ham, balki shu narsa bilan bog‘liqdir?

Mayonezli yeguliklarni qancha ko‘p saqlasak, unda kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarning ko‘payish xavfi shuncha ortadi.