Ilk Amerika investitsiya banki O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqdi

  • 19:09 / 12.05.2020
  • 90

Bluestone investitsiya banki O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borish uchun litsenziyalar oldi. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligining Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu tariqa ilk Amerika investitsiya banki O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Amerikaning moliyaviy kompaniyasi “Bluestone financial group inc.” xorijiy korxonasiga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatlarni amalga oshirishi uchun litsenziyalar berdi. Mazkur litsenziyalar Bluestone investitsiya bankining O‘zbekistondagi faoliyatini to‘liq tartibga soladi”, deyiladi Agentlik xabarida.