Indoneziya poytaxti cho‘kayotgan yagona shahar emas

  • 20:56 / 27.08.2019
  • 1184

Indoneziya hukumati mamlakat poytaxti Yava dengiziga cho‘kib borayotgani tufayli uni boshqa yerga ko‘chirish haqida e’lon qilgandi. 

Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra, dengiz sathining ko‘tarilishi va yerosti suvlaridan haddan tashqari ko‘p foydalanish oqibatida Jakarta dunyodagi eng tez cho‘kib borayotgan shaharlardan biriga aylandi. 

Biroq u cho‘kayotgan yagona shahar emas. Quyida ana shunday xavf ostida qolgan shaharlarni ko‘rib chiqamiz. 

Xyuston

Downtown Houston skyline

Xyuston ham Jakarta singari so‘nggi o‘n yilliklar davomida cho‘kib bormoqda. Bu yerda ham yerosti suvlaridan me’yoridan ortiq foydalanish ushbu jarayonning qisman sababi sifatida ko‘rsatilmoqda. 


“Houston Chronicle”ning AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga tayanib bergan axborotiga ko‘ra, Xyustonni ham o‘z ichiga olgan Xarris okrugidagi yerlar 1920-yildan to hozirga qadar 10-12 futgacha cho‘kkan. Yer maydonlari har yili 2 dyuymgacha pasayishda davom etmoqda va bu raqamlar tez orada ortishi mumkin.

1975-yilda qonun chiqaruvchilar muammoni hal qilish uchun yerosti suvlaridan foydalanishni tartibga solishi ko‘zda tutilgan maxsus — alohida tuman yaratishga urinib ko‘rishgandi. Ammo bundan kutilgan natija chiqmadi. Shaxsiy quduqlariga ega fuqarolar va suv yetkazib beruvchilar yashirincha yerosti suvlaridan foydalanishda davom etishdi. 

Lagos

Lagos is Africa's most populous city.

Mazkur shahar Nigeriya sohillarida joylashgan bo‘lib, qisman materik va yaqin atrofdagi orollar ustiga barpo qilingan. Shuningdek, u Afrika qit’asidagi eng gavjum shaharlardan biri hamdir.

Ayniqsa, Lagosning geografik joylashuvi uning toshqinlarga moyilligini ko‘rsatadi. Shundoq ham uning qirg‘oqlari allaqachon yo‘qolib boryapti. Global isish oqibatida esa dengiz sathi ko‘tarilib, shahar tobora xavf ostida qolmoqda. 

2012-yilda olib borilgan tadqiqotlardan biri shuni ko‘rsatdiki, Nigeriya sohillari juda past bo‘lgani sababli, dengiz sathining 1 metrdan 3 metrgacha ko‘tarilishi bu yerdagi aholi turmushiga halokatli ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli bo‘ladi.

Bu yilgi tadqiqotlar esa asr oxiriga kelib butun dunyoda suv sathi kamida ikki metrgacha ko‘tarilishi mumkinligini tasdiqladi.

Yangi Orlean

New Orleans is vulnerable to rising sea levels.

Yaqin o‘tmishda ham, aniqrog‘i, 1930-yillarda Yangi Orleanning uchdan bir qismi dengiz sathidan past edi. 2005-yilgi “Katrina” dovulidan so‘ng bu ko‘rsatkich 50 foizga yetdi (ma’lumot uchun: “Katrina” AQSh tarixidagi eng yirik tabiiy ofat hisoblanib, o‘shanda shaharning 80 foizi suv ostida qolgandi. Moddiy zarar 125 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan).

Shahar dengiz sathining ko‘tarilishidan himoyasiz, chunki u eski botqoqliklar o‘rnida, bo‘sh tuproq ustiga qurilgan va qirg‘oqqa juda yaqin. Bundan tashqari, olimlar uni yiliga 1 santimetrdan pasayib borayotganini aniqladilar.

Pekin

Beijing's high groundwater usage is one reason why researchers say the city is sinking.

2016-yilgi o‘rganishlar natijasida Pekin shahrining ayrim hududlari yiliga 4 dyuymdan cho‘kib borayotgani aniqlandi. 
Tadqiqotchilarning aytishicha, Pekinda ham vaziyat Jakarta va Xyustondagi kabi yerosti suvlaridan foydalanish jarayoni bilan bog‘liq. 
Shahar sohil bo‘yidan uzoqda joylashgani sababli, asosan yer osti suvlaridan foydalaniladi. Bu yerda suv uzoq yillar mobaynida to‘plangan bo‘lib, uning “so‘rib olinishi” oqibatida tuproq quriy boshladi va bu yerning cho‘kishiga olib kelmoqda.

Vashington

Researchers believe that Washington will sink more than 6 inches in the next 100 years.

Vashington AQShdagi eng muhim shaharlardan biri va u ham cho‘kmoqda.
2015-yildan beri olib borilayotgan izlanishlar mamlakat poytaxtining kelgusi bir asr ichida 6 dyuymgacha cho‘kishini ko‘rsatyapti.
Ammo Jakartadan farqli o‘laroq Vashingtonning cho‘kishi, yerosti suvlari yoki dengiz sathining ko‘tarilishi bilan emas, balki muzlik davridan qolgan muz qatlami bilan bog‘liq.
Chesapik ko‘rfazi ostida qariyb bir milya balandlikdagi muz qatlami ko‘tarilib, yerni pastga tomon itarib bormoqda. Ming yillar oldin ham muz qatlami erib, yer pastga qarab chekingan. Endilikda tadqiqotchilar mazkur hududning asta-sekinlik bilan cho‘kib borayotganiga va bu jarayon yana ming yillar mobaynida davom etishiga ishonishmoqda. 
Biroq ayni paytda Chesapik ko‘rfazida ham dengiz sathi ko‘tarilyapti. Bu shusiz ham mavjud muammolarni yana bittaga ko‘paytirishi mumkin.

Teglar